Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qoʻyilmalar. Intellektual investitsiyalar — mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xau berish, mualliflik huquqi va boshqalar.
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:
A) Ichki investitsiyalar.
B) Tashqi investitsiyalar.
5. Investitsiyaning obyekti va subyektlari.
Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
2-TOPSHIRIQ
TEST
Inson potentsiali, malakasi va ishlab chiqarish tajribasiga qo’yilgan investitsiyalar qanday ataladi?
moliyaviiy investitsiya
b) kapital investitsiya
c) ijtimoiy investitsiya
d) innovatsion investitsiya
Investitsiya faoliyati obyektlari nimalardan iborat?
qonun bilan ta’qiqlanmagan barcha tadbirkorlik faoliyati ob’ektlari
faqat qimmatli qog’ozlar
asosiy vositalarni tashkil etish, qayta qurollantirish, rekonstruktsiya qilish, yangi texnika va texnologiya
asosiy vositalar va moddiy boyliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |