4. yengil atletika mashg’ulotlarining tamoyillari reja
Download 22.86 Kb.
|
maruza va seminar 4.4
4.YENGIL ATLETIKA MASHG’ULOTLARINING TAMOYILLARI Reja: 4.1. Har tomonlamaviylilik tamoyili 4.2. Ixsoslatishtirish tamoyili 4.3. Onglilik va faollilik tamoyili 4.4. Birin-ketinlilik tamoyili 4.5. Takroriylilik tamoyili 4.6. Ko’rgazmalilik tamoyili 4.7. Shaxsiylik tamoyili (individual yondashuv) Yengil atletikani o’rganish jarayonida umumiy pedogogik tamoyillarga tadbiq qilingan holda, qisqa vaqt ichida maqsadga erishish mumkin. Bu tamoyillar yengil atletika mashqlarini, uning o’ziga xos xususiyatlarini ask ettirib, alohida ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar jarayonini tuzib chiqish va uni amalga oshirishning asosini mashg’ulot tamoyillari, tashkil etadi. Pedagogik tamoyil - bu ilmiy asoslangan, rejalashtirilgan va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan sport mashg’ulotlari qonun va qoidalardir. Ularni qo’llash, avvalo, inson va uni o’rab turgan atrof-muhit uyg’unligini anglab yetishdan kelib chiqadi. Ular bir butun organizmga tana a’zolari va tizimlarit o’rtasidagi uzviylikdan, mashg’ulot yuklamalarining sportchining funksional va tana moslashishi imkoniyatlariga mos ravishda to’g’ri tuzib chiqilganligi, organizm qaytatiklanish uchun to’ldirishlar (kompensatsiya) o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklardan kelib chiqadi. Mashg’ulotlar davrida qo’llaniladigan eng muhim va hal qiluvchi tamoyillarga misol qilib, hartomonlamaviylik, ixtisoslashtirish, onglilik va faollik, birin-ketinlik, takroriylik, ko’rgazmalilik va shaxsiyliklarni sanab o’tish mumkin. Yengil atletikachilar mashg’ulotlarida sanab o’tilgan tamoyillardan birini alohida ta’kidlash nisbiy qabul qilingandir, chunki bu tamoyillarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular birgalikda yagona tizimni tashkil etadilar. Murabbiy tomonidan bu tamoyillarning barchasini bilish va ularga rioya qilish majburiydir, chunki bu tamoyillar ta’lim, tarbiya va malaka oshirishning yagona jarayoniga xos bo’lib ulardan ongli ravishda keng qamrovli foydalanish muhimdir. Bundan tashqari ularda yengil atletikachilarni tayyorlash qo’llaniladigan boy va ilg’or tajribalar mujassamlashgan. Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling