4. Yillik ish rejimi va vaqt fondi. Yillik ishlab chiqarish rejasi va mehnat sig‘imi Reja


Ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi


Download 209,5 Kb.
bet4/5
Sana01.04.2023
Hajmi209,5 Kb.
#1317501
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 мавзу маъруза матни

7. Ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi

Ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi bu ta’mir ishlarining bajarishdagi sarflangan inson mehnatining qiymati. U inson soat, ayrim hollarda me’yor soat o‘lchov birliklarida o‘lchanadi. Me’yor soat bu muayyan mahsulotni ishlab chiqarishdagi belgilangan mehnat sarfi. Bundan tashqari ishlab chiqarish jaaryonida dasgohlardan foydalanish darajasini ta’riflashda dastgoh soat birligida dastgoh sig‘im tushunchasi ham qo‘llaniladi.


Ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi amaliyotda oldindan ishlab chiqilgan texnologik jarayonlarning hujjatlari yoki mavjud eng yaxshi loyihalar va faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or ishlab chiqarish orxonalarining tajribalari hamda sohadagi ilmiy – texnikaviy yutuqlar asosida butlangan (ukreplennыy) vaqt me’yorlari bo‘yicha aniqlanadi. Bu me’yorlarga ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyalarini kelgusida takomillashtirish va mexanizatsiyalash darajalarini inobatga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ishlab chiqarish mehnat sig‘imini texnologik jarayonning hujjatlari asosida aniqlash katta hajmdagi hisob ishlari va ma’lum darajadagi texnik – iqtisodiy izlanishlarni talab etadi. Lekin amaliyotda ko‘pincha ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi mavjud loyihalardagi yoki faoliyatdagi korxonalarning ishlab chiqarish mehnat sig‘imiga loyihalanadigan korxonaning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi yo‘li bilan aniqlanadi. Bunday yondoshish qulay, sodda va tez natija beradi.
Ma’lumki loyihalanayotgan korxonaning yillik ishlab chiqarish programmasi, programmadagi ko‘zda tutilgan ob’ekt faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarnikidan farqlanadi. O‘z navbatida mehnat sig‘imi ishlab chiqarish seriyasi (yillik ish rejasi) bilan uzviylikda bo‘lgani uchun ish rejasi oshgan sari texnologiyada mukammallashtirish va ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash darajasini oshirishni taqozo etishi mehnat sig‘imini kamaytirishga olib keladi. Bunga qo‘shimcha ikki yoki undan ortiq rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishlab chiqarish jarayonida uning maxsuslashtirilishi darajasini pasayishi mehnat sig‘imini ko‘paytirishni talab etadi. Ishlab chiqarish ishlarini konpentratsiyalanishi esa ko‘p jihatdan ishlab chiqarish rejasining tarkibiga yoki ta’mirlanuvchi to‘liq komplektli avtomobillarning tovar agregat komplektlar nisbatiga bog‘liq bo‘lgani uchun bu nisbiylik oshgan sari ishlab chiqarish ishlarining konsentratsiyalanishuvi kamayadi va natijada mehnat sig‘imi ko‘paytirish ehtimoli paydo bo‘ladi.

Mehnat sig‘imi:



bu yerda: – loyihalangan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalardagi qabul qilingan mehnat sig‘im me’yori, insons;
– ishlab chiqarish rejasining miqdorini inobatga oluvchi keltirilish koeffitsienti;
– ishlabchiqariluvchi ob’ektlarning har xil rusumligini inobatga oluvchi keltirilish koeffitsienti, ;
– ishlab chiqarish rejasining tarkibini inobatga oluvchi keltirilishi koeffitsienti.


koeffitsientining qiymatlari ayrim turdagi ishlab chiqarish korxonalar uchun ___-jadvalda berilgan. Agarda loyihalanadigan korxonaning ishlab chiqarish programmasi jadvaldagi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmagan hollarda ning qiymati chiziqli interpolyasiya yo‘li bilan aniqlanadi:

bu yerda: va – jadvaldagi yillik keltirilgan ish rejasiga mos kichik va katta reja qiymati;
va – va rejalarga mos kelgan korreksiyalovchi koeffitsientlar qiymati.
koeffisientining qiymati ta’mirlanuvchi to‘liq komplekt avtomobillarning tovar agregat komplektlar nisbatiga 1:0; 1:1 va 1:2 bo‘lgan hollarda 1,03; 1 va 0,97 tenglanadi.



Download 209,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling