4. Yillik ish rejimi va vaqt fondi. Yillik ishlab chiqarish rejasi va mehnat sig‘imi Reja
Download 209.5 Kb.
|
4 мавзу маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Keltirilgan yillik ishlab chiqarish rejasi
5. Yillik ishlab chiqarish rejasi
Ishlab chiqarish korxona, bo‘lim va uchastkalarning yillik ishlab chiqarish rejasi kalendar yil davomida ishlab chiqazilayotgan tovar mahsulotlarning hajmi bilan aniqlanadi. Loyihalash jarayonidagi texnologik hisoblarni bajarishda yillik reja mahsulotning barcha tovar nomenklaturalari ko‘rsatilgan holda ma’lum hisob birliklarda ifodalanishi shart. Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish bo‘lim va uchastkalarining sinflanishidan kelib chiqqan holda: I-chi sinfga taalluqli bo‘lgan barcha bo‘lim va uchastkalarning yillik rejasining hisob birligi – mahsulot, detall soni; II-chi sinfga – og‘irlik kilogramm; III-chi sinfga – qoplanilish sirt maydoni ifodasida dm2 yoki m2 qabul qilingan. Ehtiyoj qismlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalar uchun yillik ish hajmi pul hisobida ifodalanadi. 6. Keltirilgan yillik ishlab chiqarish rejasi Bo‘lim va uchastkalarda har xil rusumli avtomobil va agregatlarni ishlab chiqarish hollarida loyihalash jarayonini va undagi hisob ko‘rsatkichlarni ifodalanishlarini soddalashtirish maqsadida yillik ish rejasi asos qilib qabul qilingan, ya’ni loyiha topshirig‘ida berilgan eng ko‘p rusumga olib kelinadi. Bu holatda yillik ishlab chiqarish rejasi keltirilgan (shartli) reja bilan ifodalanadi. Yillik ish rejasining keltirilgan rejaga keltirish faqat avtomobil va agregatlarning turlari (yuk va engil avtomobil, hamda avtobuslar) bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Aks holda ularni ishlab chiqarishdagi mehnat sig‘imlar orasidagi har xil nisbiylik loyihalashda noto‘g‘ri natijalarni beradi. Keltirilgan rejani aniqlashda ishlab chiqarish ob’ektlarining konstruksion – texnologik xususiyatlarini inobatga oluvchi keltirish koeffitsientidan foydalaniladi. Bu koeffitsient ma’lum rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektining mehnat sig‘imini asos qilib olgan rusumning mehnat sig‘imi orasidagi nisbiylikning sonli tasniflaydi. Har turdagi va rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarining konstruksion – texnologik xususiyatlarini tasniflovchi keltirish koeffitsient ning qiymatlari 1 – jadvalda keltirilgan (Kalbanov T.E.). Keltirilgan yillik ishlab chiqarish rejasi: bu yerda: – asos qilib olingan ishlab chiqarish ob’ektining (avtomobil yoki agregat) yillik ish rejasi, dona; – har tur rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarining yillik ish programmasi, dona; – mehnat sig‘imi bo‘yicha har tur rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarini ish programmasini asosiy rusum programmasiga keltiruvchi koeffitsient. Keltirilgan ishlab chiqarish rejasini aniqlashda loyihalash topshirig‘ida bir rusumdagi to‘liq komplekt avtomobil va tovar agregatlari yoki har xil rusumdagi to‘liq komplekt avtomobil va agregatlar ko‘rsatiligi mumkin. To‘liq komplekt avtomobil va tovar agregatlar holida tovar agregatlar yillik ish rejasi to‘liq avtomobillar rejasiga keltiriladi: bu yyerda: – to‘liq komplekt avtomobillarning yillik ish rejasi, dona; – tovar agregatlarning yillik ish rejasi, dona; – tovar agregatlar bo‘yicha yillik ish programmalarni to‘liq komplekst avtomobillar ish rejasiga keltiruvchi koeffitsientlar Klebanov 8. Har rusumdagi to‘liq komplekt va tovar agregatlarni ishlab chiqarish hollarida keltirilgan yillik ish rejasi quyidagi ko‘rinishga ega: bu yerda: – rusumdagi avtomobillarning yillik ish rejasi (dona) va ularni asosiy rusumdagi avtomobilga keltirish koeffitsientlari; – rusumdagi tovar agregatlarni yillik ish rejasi (dona) va ularni asosiy rusumdagi avtomobil keltirish koeffitsientlari. Yangi rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishlab chiqarish hollarda keltirilish koeffitsienti yangi rusumdagi va unga turdosh bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektlarining og‘irliklarini inobatga olgan holda aniqlanadi: bu yerda: – yangi rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektining og‘irligi, kg; – turdosh o‘zlashtirilgan ishlab chiqarish ob’ektining og‘irligi, kg; – tuzatuvchi koeffitsient, da ning kichik qiymati olinadi. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling