Yillik ishlab chiqarish rejasi va mehnat sig‘imi


Download 43.12 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi43.12 Kb.
#1696356
Bog'liq
2-Laboratoriya mashg\'ulot (4 soat)


  1. Yillik ishlab chiqarish rejasi va mehnat sig‘imi

Yillik ishlab chiqarish rejasi kalendar yil davomida ishlab chiqazilayotgan tovar mahsulotlarning hajmi bilan aniqlanadi.


Texnologik hisoblarni bajarishda yillik reja mahsulotning barcha tovar nomenklaturalari ko‘rsatilgan holda ma’lum hisob birliklarda ifodalanishi shart. Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish bo‘lim va uchastkalarining sinflanishidan kelib chiqqan holda: I-chi sinfga talluqli bo‘lgan barcha bo‘lim va uchastkalarning yillik rejasining hisob birligi – mahsulot, detall soni; II-chi sinfga – og‘irlik kilogramm; III-chi sinfga – qoplanilish sirt maydoni ifodasida dm2 yoki m2 qabul qilingan.
Lekin bo‘lim va uchastkalarda har xil rusumli avtomobil va agregatlarni ishlab chiqarish hollarida yillik ishlab chiqarish rejasi keltirilgan (shartli) reja bilan ifodalanadi.
Keltirilgan rejani aniqlashda ishlab chiqarish ob’ektlarining konstruksion – texnologik xususiyatlarini inobatga oluvchi keltirish koeffitsientidan foydalaniladi. Keltirilgan yillik ishlab chiqarish rejasi:

bu yerda: – asos qilib olingan ta’mir ob’ektining (avtomobil yoki agregat) yillik ish rejasi, dona;
– har tur rusumdagi ishlab chiqarish ob’ektlarining yillik ish programmasi, dona;
– mehnat sig‘imi bo‘yicha har tur rusumdagi ta’mir ob’ektlarini ish programmasini asosiy rusum programmasiga keltiruvchi koeffitsient.
Har rusumdagi to‘liq komplekt va tovar agregatlarni ishlab chiqarish hollarida keltirilgan yillik ish rejasi quyidagi ko‘rinishga ega:

bu yerda: – rusumdagi avtomobillarning yillik ish rejasi (dona) va ularni asosiy rusumdagi avtomobilga keltirish koeffitsientlari;
– rusumdagi tovar agregatlarni yillik ish rejasi (dona) va ularni asosiy rusumdagi avtomobil keltirish koeffitsientlari.
Mehnat sig‘imi bu ta’mir ishlarining bajarishdagi sarflangan inson mehnatining qiymati. U inson soat, ayrim hollarda me’yor soat o‘lchov birliklarida o‘lchanadi. Bunda tashqari ishlab chiqarish jarayonida dasgohlardan foydalanish darajasini ta’riflashda dastgoh soat birligida dastgoh sig‘im tushunchasi ham qo‘llaniladi.
Mehnat sig‘imi ishlab chiqarish seriyasi (yillik ish rejasi) ishlab chiqarish jarayonining maxsuslashtirish va konpentratsiyalanish, xamda ishlab chiqarish rejasining tarkibiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarni inobatga olgan holda ta’mirning mehnat sig‘imi:

bu yerda: – loyihalangan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan ta’mir korxonalardagi qabul qilingan mehnat sig‘im me’yori, insons;
– ishlab chiqarish rejasining miqdorini inobatga oluvchi keltirilish koeffitsienti;
– ta’mirlanuvchi ob’ektlarning har xil rusumligini inobatga oluvchi keltirilish koeffitsienti, ;
– ishlab chiqarish rejasining tarkibini inobatga oluvchi keltirilishi koeffitsienti.
koeffitsientining qiymatlari ayrim turdagi ta’mir korxonalar uchun ___-jadvalda berilgan. Agarda loyihalanadigan korxonaning ishlab chiqarish programmasi jadvaldagi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmagan hollarda ning qiymati chizichli interpolyasiya yo‘li bilan aniqlanadi:

bu yerda: va – jadvaldagi yillik keltirilgan ish rejasiga mos kichik va katta reja qiymati;
va – va rejalarga mos kelgan korreksiyalovchi koeffitsientlar qiymati.
koeffitsientining qiymati ta’mirlanuvchi to‘liq komplekt avtomobillarning tovar agregat komplektlar nisbatiga 1:0; 1:1 va 1:2 bo‘lgan hollarda 1,03; 1 va 0,97 tenglanadi.


Maslalar

  1. KAMAZ rusumidagi 2000ta va ZIL ro‘sumidagi 500ta dvigitelarni taxsimlash valarini tiklash bo‘limining yillik ish rejasini xisoblang.

  2. ISUZI ro‘sumidagi 500ta avtobus, 1000yuk avtomobili va 3000ta kuch agrigatlarini Ishlab chiqarishga mo‘jalangan korxonaning yillik ish rejasini xisoblang.

  3. YUk avtomobilining 1500ta tirsakli, 1300ta taqsimlash va 300ta orqa ko‘prikning yarim o‘qlarining metal qoplash bo‘limining yillik ish rejasini xisoblang.

  4. 500ta dvigitel, 300ta uzatmalar qutisi, 200ta tirsakli vall va 100ta silindrlar blokini yuvish va tozalash bo‘limining yillik ish rejasini xisoblang.

  5. 200ta Mersedets – Bens , 100ta MAN va 500ta Isuzi dvigitelarining Slindirlar blokini payvandlash yo‘li bilan tiklash bo‘limining yillik ish rejasini xisoblang.

1-5 masalalardagi keltirilgan bo‘limlardagi Ishlab chiqarishning mexnat sig‘imini xisoblang
Download 43.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling