№4. Yoy payvandini maxsus usullari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1312027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yoy payvandini maxsus usullari

 
 Metallarnii kavsharlash 
Metall buyumlarni kavshar deb ataluvchi oraliq metall bilan 
ajralmaydgan qilib biriktirish jarayoni kavsharlash deb ataladi. 
Kavsharlarning suyuqlanish harorati kavsharlanuvchi metall 
haroratidan ancha past bo’ladi. Chok puxtaligi kavsharlanuvchi 
asosiy metall bilan kavsharning o’zaro diffuziuyanlashiga 
bog’liq. 

Sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber 
yoki jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir-
biriga moslab olinadi-da, ular oralig’iga kavshar o’tishi uchun 
0,05-0,15 mm chamasida zazor (tirqish) qoldiriladi. 
Biriktiriladigan joylarni oksidlanishdan saqlash maqsadida bu 
yuzalar flyus bilan qoplanadi. Keyin esa kavshar suyuqlanish 
haroratigacha qizdirilganda u suyuqlanib kavsharlanuvchi buyum 
bo’shliqlarni to’ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan birikma 
hosil qiladi. 


 

Kavsharlar xossalariga ko’ra yumshoq va qattiq 
kavsharlarga bo’linadi: 

Yumshoq kavsharlar. Yumshoq kavsharlar (qalay, qurg’oshin, vismut, 
kadmiy) ning suyuqlanish harorati 400-500

C dan ortmaydi. Bu 
kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, rezarvuarlar, 
radioelektrotexnikada turli simlarni ulashda foydalaniladi. Bunda hosil 
bo’ladigan chok u qadar puxta bo’lmaydi, chokning cho’zilishga 
puxtaligi 5-7 kg/mm
2
. 200
0
C dan ortiq qizdirilmaydigan uzellardagina 
kavsharlashdan foydalanish mumkin. 

Qattiq kavsharlar. Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish 
haroratlari 450-500
0
C dan ortiq bo’ladi. Bu kavsharlardan odatda
keskich asboblarining qattiq qotishma plastinkalarini, 
truboprovodlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. 
Bu usulda olingan chokning cho’zilishiga puxtaligi 50 kg/mm
2
gacha 
yetadi. 

Kavsharlashda ishlatiladigan asosiy asbob payalnik (kovya) 
bo’lib, uning o’lchami va shakli kavsharlanadigan detall o’lchamiga 
bog’liq . 


 

Yumshoq kavsharlashda elektr payalniklardan foydalanilsa, 
qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda benzin, gaz alangasida 
qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan 
foydalaniladi. Ba'zida kavsharlash joylarini qizdirish va 
kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik alangali pechlardan 
ham foydalaniladi. 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling