Kiyim detallarini ishlash va ularni biriktirish uchun ip, yelim va ba’zan payvandlash usulidan foydalaniladi. Shunga ko’ra ip bilan yelimlab va payvandlab, parchinlab, qo’yib biriktirish usullari bo’ladi


Download 0.72 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1157680
Bog'liq
кўл чоклариl

  • Kiyim detallarini ishlash va ularni biriktirish uchun ip, yelim va ba’zan payvandlash usulidan foydalaniladi. Shunga ko’ra ip bilan yelimlab va payvandlab, parchinlab, qo’yib biriktirish usullari bo’ladi. Kiyimlarni ko’plab ishlab chiqarishda va yakka buyurtma bilan tikishda asosan ip bilan tikish usuli qo’llaniladi, bunda qo’l ishlari bir muncha foiz oshadi. Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan jarayoni qaviq (baxya) deyladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan qaviqlar (baxyalar) – qaviqqator (baxyaqatorlar) deyiladi.
  • QAVIQ TURLARI
  • To’g’ri qaviqlar
  • Qiya qaviqlar
  • Iroqsimon qaviqlar
  • Xalqasimon qaviqlar
  • Petlya qaviqlar
  • TO’G’RI QAVIQLAR
  • - asosan kiyimni o’lchab ko’rishga, mashina ishlariga tayyorlashda, bo’r chiziqlar va belgilarni tushirishda, buyumlar hosil qilish va hokazolarda detallarni vaqtincha biriktirish hamda mustahkamlash uchun ishlatiladi. To’g’ri qaviqlardan sirma, bostirma, bukib ko’klash, ziyni ko’klash, nusxalama qaviqqatorlar va burmalar hosil qilishda foydalaniladi.
  • QIYA QAVIQLAR
  • - to’gri qaviqlarning tuzilishidan uncha farq qilmaydi. Ular bir- biridan gazlamada joylashishi bilan farq qiladi. To’g’ri qaviqlar solishda igna gazlamaga to’ppa to’g’ri chiziq bo’ylab sanchilsa, qiya qaviqlarda igna to’g’ri chiziqqa nisbatan detalning tashqi yoki ichki tomoniga og’dirib sanchiladi. Yengil va ustki kiyimlar tikishda qiya qaviqlardan foydalaniladi. Qiya qaviqlar bilan doimiy qaviqqatorlar ham, vaqtinchalik qaviqqatorlar ham hosil qilinadi. Bostirma va ziy ko’klash qaviqqatorlari vaqtinchalik qaviqqatorlarga, yo’rma, tepchima, biriktirma qaviqqator va kiyimlarni remont qilishda qo’llaniladigan yashirin biriktirma qaviqqatorlar doimiy qaviqqatorlarga kiradi.
  • IROQSIMON QAVIQLAR
  • - qaviqlardan hosil qilingan qaviqqator ochiq turganligi sababli tez uzilishi mumkin. Shuning uchun bu qaviq kam ishlatiladi. Ayollarning yengil kiyimlarini, bolalar kiyimlarini tikishda, ayollarning ust kiyimi, astariga ishlov berishda iroqsimon qaviqlar bezak rolini o’ynaydi.
  • XALQASIMON QAVIQLAR
  • - hosil qilingan qaviqqatorlar detallarni pishiq va elastic qilib ulaydi. Ba’zan bunday qaviqqatorlar mashina baxyalari o’rniga ishlatiladi. Masalan, ust kiyimlarni yakka tartibda tikishda astarni avraga ulashda, mashinalar bilan tikish qiyin bo’lgan yoki mumkin bo’lmagan joylarni tikishda shunday qaviqqator qo’llaniladi. To’r, to’rsimon, yashirin biriktirma va yo’g’on qaviqqatorlar xalqasimon qaviqlardan hosil qilinadi.
  • PETLYA QAVIQLAR
  • - qirqma petlyalarni qo’lda yormash uchun ishlatiladi(ust va yengil kiyimlarni yakka tartibda tikishda maxsus mashinalar bo’lmagan hollarda). Yo’rmalgam petlyalarning uch xili bor: ko’zli-kostyumlar va erkaklar paltosida; to’g’ri-ich kiyimlar, bluzkalar, shimlarda, bezak yoki karkasli petlyalar-kostyumlarning adip qaytarmalarida.
  • BEZAK UCHUN ISHLATILADIGAN QO’L CHOKLARI
  • TUGMA QADASH
  • Tugmalar faqat taqish uchungina emas,balki bezash ucnun ham ishlatiladi. Odatda ular asosiy material rangida bo’ladi. Ikki teshikli tugmalar 4-5 qaviq bilan, to’rt teshikli tugmalar har bir teshiklar juftiga 3-4 qaviq bilan chatiladi va gazlamaning qalinligiga qarab 0,1…0,2 sm solqi ip qoldiriladi. Solqi ip atrofiga 2-3 o’ram ip o’rab, ipning uchi 3-4 qaviq bilan mustahkamlab qo’yiladi. Ip gazlama va zig’ir tolali gazlamalardan tikilgan kiyimlarga tugmalarni solqi latmay chatish mumkin. Tugma pishiq chatilishi uchun asosiy materialning teskarisiga qotirma yoki kichkina tugma qo’yilib , asosoiy tugma shunga qo’shib chatiladi. Tugmalar 40, 50 nomerli paxta ip bilan yoki 65, 75, 33 nomerliipak ip bilan ( ikki qavat qilib) qo’lda yoki maxsus mashinada chatiladi.
  • TUGMA QADASH USULLARI
  • Temir ilgak, petlya va knopkalar chatish.
  • Har xil kiyimlarda turli temir ilgak va temir petlyalar ishlatiladi. Ular mashinada va qo’lda chatiladi. Qo’lda chatilganda temir ilgaklar uch joyidan: har bi rko’zidan va egilgan joyidan 3-4 ta qaviq bilan qadalib, 3-4 qaviq bilan mustahkamlab qoyiladi. Temir petlya to’rt joyidan: har bir ko’zidan va ularning oldidan 3-4 ta qaviq bilan chatilib, 3-4 joyidan mustahkamlab qoyiladi. Ilgak va petlyalar 50, 60 nomerli paxta iplar va 65...75 nomerli ipak iplar bilan tikiladi. Ularni yubkalarning korsaj tasmasiga chatishda esa 20, 30 nomerli paxta iplar ishlariladi.
  • TAMOM
  • ORQAGA

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling