№4. Yoy payvandini maxsus usullari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoy payvandini maxsus usullari
Metallarnii kavsharlash Metall buyumlarni kavshar deb ataluvchi oraliq metall bilan ajralmaydgan qilib biriktirish jarayoni kavsharlash deb ataladi. Kavsharlarning suyuqlanish harorati kavsharlanuvchi metall haroratidan ancha past bo’ladi. Chok puxtaligi kavsharlanuvchi asosiy metall bilan kavsharning o’zaro diffuziuyanlashiga bog’liq. Sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir- biriga moslab olinadi-da, ular oralig’iga kavshar o’tishi uchun 0,05-0,15 mm chamasida zazor (tirqish) qoldiriladi. Biriktiriladigan joylarni oksidlanishdan saqlash maqsadida bu yuzalar flyus bilan qoplanadi. Keyin esa kavshar suyuqlanish haroratigacha qizdirilganda u suyuqlanib kavsharlanuvchi buyum bo’shliqlarni to’ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan birikma hosil qiladi. Kavsharlar xossalariga ko’ra yumshoq va qattiq kavsharlarga bo’linadi: Yumshoq kavsharlar. Yumshoq kavsharlar (qalay, qurg’oshin, vismut, kadmiy) ning suyuqlanish harorati 400-500 0 C dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, rezarvuarlar, radioelektrotexnikada turli simlarni ulashda foydalaniladi. Bunda hosil bo’ladigan chok u qadar puxta bo’lmaydi, chokning cho’zilishga puxtaligi 5-7 kg/mm 2 . 200 0 C dan ortiq qizdirilmaydigan uzellardagina kavsharlashdan foydalanish mumkin. Qattiq kavsharlar. Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish haroratlari 450-500 0 C dan ortiq bo’ladi. Bu kavsharlardan odatda, keskich asboblarining qattiq qotishma plastinkalarini, truboprovodlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Bu usulda olingan chokning cho’zilishiga puxtaligi 50 kg/mm 2 gacha yetadi. Kavsharlashda ishlatiladigan asosiy asbob payalnik (kovya) bo’lib, uning o’lchami va shakli kavsharlanadigan detall o’lchamiga bog’liq . Yumshoq kavsharlashda elektr payalniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan foydalaniladi. Ba'zida kavsharlash joylarini qizdirish va kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik alangali pechlardan ham foydalaniladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling