Тavsifnomaning rekvizitlari quyidagilardan iborat:
1. Тavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: a) ismi, otasining ismi va familiyasi; b) tug‘ilgan yili; d) millati; e) ma’lumoti; f) qaysi o‘quv yurtini qachon qaysi yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha tugallaganligi; g) lavozimi; h) ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa).
2. Hujjat nomi (Тavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Тavsifnoma matnini shartli ravishda to‘rt qismga ajratish mumkin.
Birinchi qismda xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, tashkilotda qachondan buyon ishlashi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning xodim sifatida tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, intizomi, berilgan vazifalarni qay darajada bajarishi, ishga ijodiy yondashuvi, tashabbuskorligi, jamoat ishlarida ishtiroki kabi jihatlar aks ettiriladi.
Uchinchi qismda shaxsning ijobiy yoki salbiy sifatlari, xulq-atvori, jamoada o‘zini tutishi, hamkasblariga munosabati, shuningdek qanday davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi, rag‘batlantirilganligi yoki unga berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
To‘rtinchi qismda yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda berilayotganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tavsifnoma so‘ngida xodimga berilgan tavsiyalar aks ettiriladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Тavsifnoma tashkilot rahbariga taqdim qilinsa, uni xodimning bevosita rahbari imzolaydi. Boshqa tashkilot yoki yuqori tashkilotga yo‘llanadigan tavsifnomalar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va imzo tahkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |