40-Mавзу: ma’lumotnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi. Reja


Download 36.95 Kb.
bet4/7
Sana24.01.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1117811
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
40-mavzu — копия (40)

Ichki xizmat ma’lumotnomasimuassasa ichki ishlari, xo’jalik faoliyati, biror tarkibiy bo’linma yoki ayrim xodimning ish faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo’llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo’linma boshlig’i, kadrlar bo’limi boshlig’i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog’oz varag’iga qo’lda yozilishi ham mumkin.
Tashqi xizmat ma’lumotnomasi – muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga ularning ko’rsatmasi yoki talabiga muvofiq tayyorlanib, jo’natiladi hamda xos ish qog’oziga yoki maxsus bosma ish qog’oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo’ladi. Ma’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo’llangan kuni qo’yiladi, chunki u jo’natma hujjatlar daftarida qayd etiladi. Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo’yiladi. Masalan, “Korxona ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida”. Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taaluqli bo’lgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Masalan: “2000-yil 1- iyundagi holatga ko’ra (muvofiq)” yoki “2000-yil 1-yanvardan 1-sentabrgacha bo’lgan davr uchun” kabi.
Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog’ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo’ladi:
1. Hujjat jo’natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog’ozining yarmidan o’yu tomonda yoziladi).
2. Hujjatning nomi (ma’lumotnoma).
3. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi).
4. Asosiy matn (ma’lumotnomaning mazmuni).
5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.
Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma’lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo’ladi.
Shaxsiy ma’lumotnoma – muassasalar tomonidan fuqarolarning turmush va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko’rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimiga – uning qaerda, kim bo’lib va qancha maosh olib ishlashi haqida; o’quvchi va talabaga esa – qaerda o’qishi haqida; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHDYO) va notarial idoralarda ko’rsatiladigan hamda fuqarolar yig’inlari raislari – shaxsning tug’ilganligi yoki vafot etganligi to’g’risida, nikohda bo’lganligi yoki ajrashganligi haqida (hujjatlar yo’qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limi – shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar – kishining sog’ligi (kasal emasligi) haqida; mahalla fuqarolar yig’inlari yoki uy-joy boshqarmalari raislari – shaxsning yashash joyi,egallab turgan uy-joy maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’kumotnomalar beradi.
Yuqoridagi ma’lumotnomalar zaruriy hisoblanadi.



Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling