40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining


Download 25.38 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1211055
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik bayrami senariysi 31 yillik

2-boshlovchi: Maktabimizning yosh san’at ustalari va havaskor ijodkorlari tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan bayram dasturi tayyorlangan.
1-boshlovchi: Biz Mustaqillik asriy orzularning ro‘yobi ekanligi, ota-bobolarimiz bu kunlarni orzuqib kutganini, ne-ne ajdodlarimiz ona yurt istiqloli va xalq ozodligi uchun aziz jonlarini fido qilganini, bu kunlarning qadri bo‘lak ekanligini namoyon etishni niyat qildik.
2-boshlovchi: Marhamat, tinglab, tomosha qiling!


O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Tabarruk” qo‘shig‘i yangaydi.
Sahna bo‘ylab beqasam libosda uch o‘quvchi raqs tushadi. Raqsdagi uch o‘quvchi Registon ansambli ramzidir. Shuningdek, qo‘shiq yangrashi barobarida sahna bo‘ylab o‘quvchilar chiqib kelib,
I – Imom al-Moturidiy, Qusam ibn Abbos, Imom al-Buxoriyning;
II – Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bibixonim, Xoja Ahror Valiy;
III – Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Nodira, Uvaysiy, Hoji Abdulaziz siymolarini yaratadilar. Bundan tashqari
IV – qo‘llarida milliy noz-ne’matlar tutib milliy libosdagi qizlar chiqadi. Ularning qo‘llarida kitob, lavh, tarixiy suratlar, kimyoviy jihozlar, qo‘lyozmalarni tutgan, bir-birlari bilan muhokama o‘tkazgan holda sahna bo‘ylab harakat qiladilar.


Qo‘shiq tugagach, sahnaga she’r o‘qib, 2 yigit va 3 qiz o‘quvchi chiqib keladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mehrinoz Abbosova she’ri o‘qiladi.
1-o‘quvchi: Hurriyat yo‘lida sobit yurgan xalq,
Bugun manglayida nur yugurgan xalq.
Buyuk davlat qurgan, Vatan qurgan xalq.
Vatan qurmoqlaring oson bo‘lmadi.
2-o‘quvchi: Ko‘zing shu kunlarga yetgunicha to,
Bir inson qo‘lingdan tutgunicha to.
Qora bulut tarqab ketganicha to,
Boshingda musaffo osmon bo‘lmadi.
3-o‘quvchi: Qatag‘on o‘tida qovrilding, yonding,
Kim sen-chun jon berdi, kim sendan tondi.
Fidoyi chiqmadi har bir farzanding,
Hamma shoiring ham Cho‘lpon bo‘lmadi.
4-o‘quvchi: Hali ko‘p dilimda senga aytar so‘z,
Mening tirnog‘imdan sochim qadar so‘z.
Keksalar tilidan uvalanar so‘z,
Shu choqqacha bunday davron bo‘lmadi.
5-o‘quvchi: Bu bog‘bon shunchaki bog‘bon emasdir,
Bu bog‘da bog‘ umri xazon emasdir.
Endi O‘zbek bo‘lish oson emasdir,
O‘z-o‘zidan O‘zbekiston bo‘lmadi.
O‘zbekiston bo‘lish oson bo‘lmadi.
Xonanda Sevara Nazarxon ijrosidagi “Qarg‘alar uchsa…” qo‘shig‘i yangaydi.
Sahnaga jadidlar siymosidagi 6 yigit chiqib keladi.



Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling