40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining


Download 25.38 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1211055
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik bayrami senariysi 31 yillik

Mahmudxo‘ja Behbudiy: Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yoʻlinda ishlayturgʻon muallimlarning boshini silangizlar. Maorifgʻa yordam etingiz. Oʻrtadan nifoqni koʻtaringiz. Turkiston bolalarini ilmsiz qoʻymangizlar. Har ish qilsangiz, jamoat bilan qilingizlar. Hammaga ozodlik yoʻlini koʻrsatingizlar. Buxoro tuprogʻiga tezlik ila yoʻl boshlangizlar. Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar.
Abdulla Avloniy: Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurg’on oyinayi hayoti bu uning tili va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning o‘zligini yo‘qotmakdur.
Hamza: Yasha Turon, yasha Turon, sen yashaydurg‘on zamon,
Ishchi o‘g‘li, shuhratingdan balqisin ro‘yi jahon!
Abdulhamid Cho‘lpon: Adabiyot yashasa – millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotining taraqqiysiga chalishmagan va adiblar yetishdirmag‘on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo‘lur. Muni inkor qilib bo‘lmas.
Abdulla Qodiriy: O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.
Abdulhamid Cho‘lpon: Tiriksan, o‘lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo‘yin egma,
Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsan!
Abdurauf Fitrat: Vatan – mening jonu tanim, sajdagohimdir, Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdir.
Usmon Nosir: Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Itoat et!


Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Yoronlar-ey” qo‘shig‘i yangaydi. Raqs ijro etiladi.


Sahnaga she’r o‘qib, 2 yigit va 4 qiz o‘quvchi chiqib keladi.
Shoira Gavhar Ibodullayeva she’ri o‘qiladi.


1-o‘quvchi: Istiqlol desam, dilga kuy kelgay, navo kelgay,
Asrlarning qa’ridan bir o‘tlig‘ nido kelgay.
Ajdodlar orzusidan unga xush sado kelgay:
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!
2-o‘quvchi: Vatansiz el – darbadar, elsiz Vatan – biyobon,
Vatan deb jafo chekkan elning qadridir osmon.
Elin boshiga tutgan Vatanning yo‘li shoyon,
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!
3-o‘quvchi: Bayram qilgin, vatandosh, qalb hurlikka oshyondir,
Nurafshon kun-tunlakring, ruhing uyg‘oq posbondir.
Boshing uzra boshpanoh – Vatan – uying omondir,
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!
4-o‘quvchi: Vatan bo‘yiga qarab rostlamasang o‘zingni,
El bo‘lmasang el bilan kim tinglagay bo‘zingni?
Toleingga muhr et, yillab kutgan rozingni –
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!
5-o‘quvchi: Seni aziz atagan Vatanni bag‘ringga bos,
G‘amingni yeb, alqagan Vatanni bag‘ringga bos,
Yelkangga ort-da yukin, oldga, olg‘a yur, xolos!
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling