40-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan ma’naviyat soati tadbirining b a yo n I
Download 19.62 Kb.
|
Bayonnoma 10.01
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
- Maktab direktori: S.Narmuratova Bayonlashtirdi: L.Xushvakova
40-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan ma’naviyat soati tadbirining B A YO N I___ 2020 yil 10-yanvar Konimex tumani Qatnashdilar: Maktabning barcha pedagog xodimlari KUN TARTIBI: “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” (J.Akromov) Maktabda 2020 yil 10-yanvar kuni ma’naviyat soati tadbiri o’tkazildi. Tadbirni MMIBDO’ L.Xushvakova ochib berdi. Maktabning Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Akromov Jamshid “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Dunyoda sharafli vazifalar juda ko‘p, ammo ular ichida kindik qoningtomgan Vataningni himoya qilish sharaflilar ichra sharaflisidir. Negaki, Vatan – bu insonga ato etilgan eng qutlug‘ ne’mat, ajdodlarimiz uyg‘oq, ruhi kezib yurgan tabarruk go‘sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir! Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy armiyamizni shakllantirish borasida izchil islohotlar olib borildi va olib borilmokda. O‘zbekistan Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalkimizning tinchligi va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan professional Kurolli Kuchlar barpo etildi. Har yili Vatan himoyachilari kunini nishonlash, bayram qilish diyorimizda kutlug‘ an’anaga aylandi. Mustabid tuzumdan meros bo‘lib qolgan insonni kamsituvchi “tartib-qoidalar” o‘rnida bugun yuksak ma’naviy asosdagi, chinakam vatan himoyachisiga e’zoz namunasi bo‘lgan ezgu an’analar shakllandi. Harbiy mahoratli askarlarimiz, maxsus serjantlar maktabi, oliy harbiy bilim yurtlari, jangovar shay turgan xarbiy qismlarimiz, har tomonlama etuk alpomishdek yigitlarimiz shijoatini ko‘rganda bir zum o‘tgan yillar yodimizga tushadi. 1991 yil 31 sentyabr kuni O‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Har qanday davlatning mustaqilligini esa, birinchi navbatda, uning o‘z armiyasi, qurolli kuchlari himoya qilishi kerak. SHu bois 1991 yil 6 sentyabr — istiqlolning beshinchi kuniyoq tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa mustaqil davlatimizda yana bir muqim Kadam quydi. SHu kuni mamlakatimiz hududidagi barcha Kurolli Kuchlarni O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul kilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan, yurtimizda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. SHu o‘rinda yana bir masala yuzasidan alohida to‘xtab o‘tish lozim, deb uylayman. Gohida ayrim yurtdoshlarimiz: “Nima uchun biz bu bayramni avvalgidek 23 fevralda emas, 14 yanvarda nishonlaymiz?” deb so‘rab qolishadi. Javob beramiz: 1918 yil 23 fevral kuni Narva va Pskov shaharlari ostonasida qizil askarlarning nemis qo‘shinlari bilan to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan! Xo‘sh, buni bizga nima aloqasiyu qanchalik ahamiyati bor?! Ta’kidlab o‘tganimizdek, 1992 yil 14 yanvar mustaqil davlatimiz solnomasida iftixor bilan bitib qo‘yildiki, bu kun mamlakatimiz hududidagi barcha Qurolli Kuchlarni O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Oddiy qilib aytganda, mustaqil davlatimiz “sobiq markaz”ga emas, o‘ziga bo‘ysunadigan, o‘z erki va istiqbolini ximoya qiladigan armiyasiga ega bo‘ldi. Bu katta bayram qilishga arzirli sana! Har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birlarini chin dildan tabriklayotgan nafaqat askar va ofitserlar, balki talabalar, ziyolilar, olimlar, faxriylarni – yurtdoshlarimizni ko‘rganda yuraging yorishib ketadi. Xa, bu bayram ham biz uchun Mustaqillik bayramidek aziz va e’zozlidir. Kun tartibidagi ma’ruza atroflicha o’rganilib yig’ilish QAROR QILADI: Kun tartibidagi masala yuzasidan Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Akromov Jamshidning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” mavzusidagi ma’ruzasi xodimlar o’rtasida o’rganilganligi qayd etilsin. Barcha pedagog xodimlarga: mazkur ma’ruzani mustaqil ravishda o’rganib,o’z bilimini oshirish jildiga qayd qilish vazifalari topshirilsin. Ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman Maktab direktori: S.Narmuratova Bayonlashtirdi: L.Xushvakova Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling