40 yillar oxiri va 50 yillarda ilmiy tadqiqot ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko`tarishga qaratildi N. N. Shchedrin, H. F
Download 24.75 Kb.
|
diplom oldi amaliyoti.22ta mavzu
2- mavzu. 40 - yillar oxiri va 50 - yillarda ilmiy tadqiqot ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko`tarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F. Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi (H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshqalar). Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o`lchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S. Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish (N. R.G`anixo`jayev) masalalari tadqiq qilindi. 3- mavzu Har oyda korxona koiamida energiyadan foydalanishning tahlili o‘tkaziladi, soha texnik nazorat xizmatlari tomonidan energiya xo‘jalik texnik holatini rejali tekshiruv paytida, albatta energiyadan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Energiya resurslarni ko‘p sarf qilib yuborgan korxonalarga, joylarda yuqori sarf sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish uchun, texnolog va energetiklardan tuzilgan brigadalar yuboriladi. 4-mavzu Iste’molchi korxona elektr ta’minotining eng ratsional sxemasini tanlash huquqiga ega boiadi, EET maksimumida ishtirok etuvchi quvvatni pasaytirishga manfaatdor (chunki shunga mos ravishda uning xarajatlari kamayadi) va elektr energiyani noishlab chiqarishga sarfini qisqartirishga harakat qiladi. Yuklama maksimumining kamaytirish va iste’mol grafigining boshqa tomonga surish. grafikni tekislaydi va natijada ishlab chiqarilayotgan elektr energiya sarfini pasaytiradi. 5- mavzu PTE-ga ko‘ra, qozonxona xodimlari (qozonxona) barcha asosiy va yordamchi uskunalar ishonchli ishlashini ta’minlash, namunaviy ishlash, bug ‘va suv parametrlariga erishish imkoniyatini, sinov va zavod ko‘rsatmalariga asosan o‘rnatilgan iqtisodiy va ishlamaydigan ish rejimlarini belgilash, har bir qozon turi va yonilg‘i turi yoqildi. PTE qozonxonalar va yordamchi asbob-uskunalarni ishlatish uchun asosiy talablarni belgilaydi (ishga tushirish va yopish tartib-qoidalari, asosiy ish rejimi, asbob-uskunalarni darhol o‘chirish va tegishli ruxsatnomani talab qiladigan o‘chirish shartlari va boshqalar). 6-mavzu Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, ya’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. 7-mavzu Elektr energiyasini manbadan iste'molchiga uzatishlik uchun energetik tizimlardan foydalaniladi. Bu tizim o‘z ichiga bir qancha elektr stansiyalami qamrab olishi mumkin. Elektr energiyasi qabul qiluvchilar, iste’molchilar guruhlari elektr ta’minoti tizimlaridan energiya oladilar va hamkorlikda energetik tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Qurilma jihozlari qoidalariga (QJQ)ga asosan elektr tarmog'iga taalluqli qoida va ifodalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Energetik tizim (ET) elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari elektr va issiqlik energiyalari iste'molchilarini o‘zida mujassamlashtirgan xo‘jalik bo‘lib, elektr va issiqlik eneigiyalarini muntazam ishlab chiqarishini o‘zgartirish, taqsimlashni ma'lum ko‘rinishda boshqarishni olib boruvchi tizimdir 8-mavzu Qisqa tutshuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib, I tokning oshib ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z qarshiligining kamayib ketishi hisoblanadi, chunki liniya uchun Z= Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari (tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari (kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari (qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qo‘llaniladi. 9-mavzu Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan hollarda, kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar. 10-mavzu Transformatorning kuchlanishni rostlash qurilmasi o‘rta holatda turgandagi yuqori va quyi chulg‘amlardagi birlamchi toklar hamda himoya yelkalaridagi ikkilamchi toklar topiladi. Ikki chulg‘amli transformator uchun, odatda asosiy chulg‘am sifatida tenglashtiruvchi chulg‘amlarning biri ishlatiladi. Ikkinchi tenglashtiruvchi chulg‘am esa himoya yelkalaridagi toklarni tenglashtirish uchun hizmat qiladi. 11-mavzu Agarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasi bo‘lgan transformatorlarda magnitlovchi tokning sakrashidan sozlashda kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasining oxirgi «manfiy» holati uchun hisoblanadi. Ikkinchi tashkil etuvchi transformatorlarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasini mavjudligi tufayli yuzaga keladi. 12-mavzu Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish xolatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p xollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketggan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. 13-mavzu Kuchlanish transformatorlari va o‘z extiyoj transformatorlari qisqa tutshuv vaqtida operativ zanjirlarini ta’minlashga mo‘ljal-lanmaganlar, chunki qisqa tutshuv paytida liniya kuchlanishi birdan pasayib ketadi va ma’lum bir hollarda nolga teng bo‘lib qoladi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari operativ tok manbasi sifatida oldindan zaryadlangan kondensatorlarni ishlatish mumkin. 14-mavzu Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) qilib chiqariladi, Chunki Shunda turbogeneratorlar eng Yuqori texnik-io‘tisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. AES da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo‘lgan agregatlar ishlatiladi. Ba’zi hollarda turboagregatlarning chegaraviy aylanish davrtezligi turbinaga bog‘liq ravishda 3000 ayl/min.dan kam bo‘ladi. Turbina valining aylanish tezligininrg pastligi turbina lopatkalarini uzunroq qilib tayyorlash imkonini beradi. Bu esa turbinaning chegaraviy quvvatini oshirilishiga olib keladi. 15-mavzu
16-mavzu Kompressorlar tuzilishi va ishlatilish xususiyatiga ko‘га ko‘chma va ko‘chmas bo‘ladi. Bosim ostida ishlovchi kompressorlar bilan ishlovchi ishchi maxsus kiyim-bosh, poyabzal, titrashga qarshi qo‘lqop va himoya kaskasiga o‘rnatilgan shovqindan asrovchi quloqchin («naushnik») bilan ta’minlangan hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitilib, уo‘riqnomalardan o‘tgan bo‘lishi lozim 17-mavzu Ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha kompressorlarda manometr o‘rnatilgan bo‘lishi hamda ular «Standartlash va o‘lchov asboblari qo‘mitasi» tomonidan har yili tekshirilib turilishi kerak. Kompressor detallarini yog‘lashda faqatgina zavod pasportida ko‘rsatilgan yog‘lash materiallaridan foydalanish talab etiladi. Boshqa yog‘lovchi materiallarni ishlatish taqiqlanadi. 18-mavzu Infratovushlarning inson organizmiga salbiy ta’sirini kamay-tirish mehnat gigiyenasining asosiy vazifalaridan biridir. Bu masala texnik va tibbiy tadbirlar orqali hal etiladi. Bunday tadbirlarga infratovush manbalarida ularni hosil bo‘lish sabablarini bartaraf etish, infratovushlarni yutish va izolatsiyalash jihozlaridan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va tibbiy profilaktik tadbirlarni o‘tkazish ishlari kiradi. 19-mavzu Elektr tokidan jarohatlanish asosan quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin: I. Elektr yoyi orqali tok ta’siri. 2. Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir bo‘lishi natijasida. 3. Katta o‘lchamdagi mashinalarni elektr uzatmalariga ruxsat etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi. Yuqoridagi holatlarga bog‘liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabablarini quyidagi ikki guruhga, уa’ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin. 20-mavzu Bug‘ qozonlaridan foydalanish o‘ta xavfli ishlarga kirganligi sababli, unda ishlashga 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, maxsus dastur asosida o‘qib, imtihon topshirgan, guvohnomaga ega shaxslarga ruxsat etiladi. Ishga ruxsat etiladigan dastur asosida уo‘riqnomalar o‘tish, ularning bilimlarini sinab ko‘rish va qayta sinash ishlarini ma’muriyat bajaradi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qayta sinov kamida bir yilda bir marta o‘tkaziladi. 21-mavzu Ishlab chiqarishda ko‘pgina texnologik jarayonlarni amalga oshirish maqsadida turli xil gazlardan, jumladan, kislorod, atsetilen, ammiak, propan-butan, is gazi kabilardan keng foydalaniladi. Ular maxsus metall ballonlarda yuqori bosimda saqlanadi. Ballonlarda kislorod – gaz holatida, is gazi, propan-butan aralashmasi va ammiak suyultirilgan holda, atsetilen aralashma holda bo‘ladi. 22-mavzu Men Elektr stansiyalar uskunalarini ta’mirlash chilangari fanidan diplom oldi amaliyoti davrimda juda ko’p bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim va bu ko’nikma va bilimlarni doim yodda saqlab qolaman. Bu amaliyod davrida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish eng birinchi ekanligini anglab yetdim. Download 24.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling