402 guruh talabasi Mamedova Fotima sotsiolingvistika 2
Download 10.9 Kb.
|
402guruh Mamedova Fotima Sotsiolingvistika 2
.Lisoniy hamjamiyat - ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir til yoki bir necha til yordamida kundalik hayotda bir-birlari va turii ijtimoiy institutlar bilan o‘zaro muloqotga kirishuvchi insonlar majmuyi.
Tilning tarqalish chegaralari har dcim ham siyosiy chegaralarga mos tushavermaydi. Masalan, hozirgi Afrikada bir necha davlatlarning aholisi bir tilda gaplashsa (chunonchi, suaxili tili Tanzaniya, Keniya, Uganda, Mozombik va Zoirda tarqalgan), boshqa bir davlatda bir necha tillarda muloqot qilinadi (Nigeriyada 200dan ortiq tillar mavjud). Shuning uchun “lisoniy hamjamiyat” tushunchasini aniqlashda lingvistik va ijtimoiy xususiyatlar birligi muhim hisoblanadi. Agar biz faqat lingvistik xususiyatlarni oladigan bo‘lsak, u holda, gap faqat muhitga bog‘liq bo‘lmagan til haqida boradi; faqat ijtimoiy mezonlar (siyosiy-iqtisodiy va madaniy omillar)ga tayanadigan bo‘lsak, unda mazkur ijtimoiy jamoada faoliyatda bo‘lgan til e’tibordan chetda qoladi. Lisoniy hamjamiyat deganda, katta bir davlatdan tortib, kichik ijtimoiy guruhlar (oila, sport komandasi)ga kiruvchi turli miqdordagi individlar majmuyini tushunish mumkin. Bunday holatlarda ajratish mezoni ijtimoiy jamoa va doimiy kommunikativ aloqalarning mavjudligi bo‘lishi lozim. Bir lisoniy hamjamiyat boshqasiga nisbatan hajm jihatdan katta bo‘lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya katta lisoniy hamjamiyat bo‘lib, u o‘z ichiga kichik hajmdagi lisoniy hamjamiyallarni- Angliya , Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani oladi. Yoki hozirgi Rossiya respublikalar, viloyatlar, shaharlar singari kichik lisoniy hamjamiyatlardan tarkib topgan katta lisoniy hamjamiyatdir. 0 ‘z navbatida shahar lisoniy hamjamiyat sifatida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlarini ham o‘z ichiga oladi. Lisoniy hamjamiyatlar soni qanchalik kam bo‘lsa, til birligi shunchaiik yuqori bo‘ladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada ingliz tilidan tashqari vailiy, korn, shotland va shotland-gel tillari ham faol qo‘llaniladi. Rossiyada rus tilidan tashqari o‘nlab milliy tillar va dialektlar bir-biri bilan o‘zaro aloqadadir. Korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, o‘rta maktablar kabi lisoniv hamjamiyatlar doirasida faqat bir til muloqot vositasi hisoblanadi. Biroq oila singari kichik lisoniy hamjamiyatlarda muloqot vositasi sifatida ikki hatto, uch til (turli daviatlarda yashovchi muhojiriarning oilasida) qo‘llanilishi mumkin. Download 10.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling