402 guruh talabasi Mamedova Fotima sotsiolingvistika 2
Download 10.9 Kb.
|
402guruh Mamedova Fotima Sotsiolingvistika 2
402 - guruh talabasi Mamedova Fotima sotsiolingvistika 2 Savollar. 1. Zamonaviy sotsiolingvistikada koyne qanday tushuniladi? 2. Koynelarning ayrim adabiy tillarning shakllanishiga asos bo‘lishini misollar orqali tushuntiring. 3. “So‘zlashuv tili” tushunchasini izohlang. 4. So‘zlashuv tili nimaning aralashuvi oqibatida yuzaga keladi? 5. Lisoniy hamjamiyat nima? Javoblar. 1. Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramizdan avval IV-III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo‘llanilgan. Zamonaviy sotsiolingvistikada koyne aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi hisoblanadi. Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne rolini bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida shakllangan dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi. Koynelarni shahar va qishloq koynesiga ajratish mumkin. “Koyne” tushunchasi ayniqsa, ko‘pchilikning turli nutqiy malakalari aralashgan katta shaharlarning lisoniy hayoti uchun dolzarb hisoblanadi. Shahar sharoitidagi guruhlararo muloqot hamma uchun tushunarli bo‘lgan kommunikatsiya vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shahar aholisi turli guruhlarining kundalik muloqot ehtiyojiga xizmat qiluvchi shahar koynelari ana shunday paydo bo‘ladi. 2. Koynelar mintaqalarga, ya’ni muayyan til (yoki tillar) tarqalgan ma‘lum hududlarga ko‘ra ham ajratiladi. Masalan, ko‘p tillilik mavjud bo‘lgan Mali Respublikasida (Afrikada) qurama dialektlar shakliga ega bo‘lgan baman tili koyne sifatida qo‘llaniladi. “Koyne” tushunchasi, odatda, og‘zaki muloqot vositasini ifodalasa-da, ba’zan bu tushuncha tilning yozuv shakllariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, London koynesi ham kundalik so‘zlashuvda, ham shahar boshqaruvi, mahkama tizimida ishlatilgan. Yoki “koyne” termini o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlarida ilm, din, huquqshunoslik, san’at sohalarida millatlararo muloqot vositasi vazifasini o‘tagan lotin yozuviga nisbatan ham qo‘llanilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki, muayyan koynelar ayrim adabiy tillarning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, London koynesi ingliz adabiy tiliga, Pekin koynesi xitoy adabiy tiliga, Edo koynesi esa yapon adabiy tiliga asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, butun boshli adabiy tillar ham koyne rolini bajarishi mumkin. Masalan, “Ispan tili o‘qituvchilari Yevropa Assotsiasiyasi” (AEPE)ning ma’lumotlariga ko‘ra, ispan tili hozir dunyoda o‘rganilayotgan xorijiy tillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi, ingliz tili chet tili sifatida emas, balki bir “koyne” sifatida qabul qilinadi. 3. Download 10.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling