Britaniya modeli


Download 15.74 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.74 Kb.
#1536043
Bog'liq
md talabi


Jahonda qishloq turizmini tashkil qilishning ancha mukammal modellari Yevropa davlatlarida ishlab chiqilgandir. Bu modellar deyarli biri - biriga o‘xshamaydi. Eng muhimi, quyida qayd qilingan modellar hozirda Yevropa davlatlarida muvaffaqiyat bilan ishlamoqda va jahondagi ko‘plab davlatlar bu modellar asosida o‘z mamlakatlarida qishloq turizmini rivojlantirmoqda:
Britaniya modelida asosan qishloq turizmida turistlami joylashtirishga ko‘proq e’tibor berilgan. Boshqa jihatlar esa Yevropadagi davlatlar tajribasidan olingan. Turistlaming ommaviylashgan, ular yaxshi ko‘radigan yashash tarzi 3 tipga bo‘linadi:
1. Fermeming uyida yashash va uning oilasi bilan faqat nnushta qilish. Bu sharoitda fermer bilan, uning oila a’zolari bilan do‘stona aloqalami boshlash imkoniyatlari, sharoitlari yuzaga keladi.
2. Alohida binoda, qisman qulaylik sharoitida o‘z - o‘ziga xizmat qilish bilan yashash.
3. Atroflari o ‘ralgan, o‘rtacha 8-15 turistni joylashtiradigan binoda, o‘z - o‘ziga xizmat qiladigan sharoitda yashash. Uchinchi variant Britaniya modelida juda daromadli hisoblanadi.
Bir kunlik tunash har bir turist uchun 10 yevro miqdorida. Bu variantning daromadliligining asosiy sababi yoshlarga va guruhlarga mo'ljallanganligidadir. Bu sharoitni o‘quvchilar va ayniqsa, studentlar ma’qul ko‘rishadi. Shu bilan birga,Britaniya modelida qishloqda joylashishning 3 xil darajasi bor: lyuks - puldorlar uchun maxsus qurilgan uy, o‘rtacha boylar uchun maxsus qurilgan hovli va yuqoridagi 3 ta sharoitli yashash tarzi. Britaniya modelida yana bir muhim xizmatlar borki, qishloqlardagi tadbirkorlar turistlar uchun mahalliy ahamiyatga ega boMgan milliy va sport o‘yinIari, bolalar uchun poni (pakana) otda sayr, otlarda sayr, golf o‘yinlarini tashkil qilishadi. Shuning uchun ham shaharliklar bahor va yoz oylarida qishloqlarga shoshiladilar. Britaniya modelidagi yana bir muhim jihatlar shundan iboratki, ota - onalar bolalarini ekologik madaniyat, bilim ruhida tarbiyalash uchun ham bolalarini qishloqlarga olib borishadi va qishloq tadbirkorlari maxsus tayyorlagan maydonchalarda (og‘il, molxona) chorva mollarining bir - ikki oylik uloqchalar, buzoqchalar, qo‘zichoqlar bilan birga o‘ynashadi, quyonlarga, qushlarga ovqat, don berishadi. Bu jarayonlarda bolalarda hayvon va parrandalarga mehr tuyg‘ulari hosil bo‘ladi.
Fransiya modeli. Fransiya jahonda qishloq turizmini rivojlantirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Bu davlat XX asming o ‘rtalarida qishloq turizmini rivojiantirishning davlat dasturini ishlab chiqqan edi. Hozirga kelib qishloq turizmi Fransiyaning barcha departamentlarida yaxshi tashkil qilingan. Fransiya modelida qishloq turizmi ancha murakkab va maxsus ixtisoslashtirilgan. Mamlakatning janubida qishloq - cho‘milish plyaj turizmi infratuzilmalari yetarli darajada yaratilgan. Bunday qishloqlarda turistlar uchun maxsus kottedjlar qurilgan. Markaziy hududlarda agroturizm yaxshi rivojlangan. Bu yerdagi qishloqlarda turistlar uchun kichik uylar barcha sharoitlari bilan turistlarning ixtiyoriga beriladi. Chunki faranglar ovqatni o‘zlari tayyorlashni xush ko‘rishadi.
Fransiya vino va gastronomiya turizmi bo‘yicha ham jahonda oldingi o‘rinlarda turadi. Bu turizmda asosan boy turistlar dam olishadi. Ular qishloq uylarda joylashib, kuniga uch mahal (to‘liq pansion) ovqatga buyurtmalar berishadi va bu ovqatlaming tayyorlanish jarayonlariga qatnashadilar. «Vino turizmi» shaharlik faranglaming eng yaxshi ko‘rgan qishloq xo‘jalik turizmi yo‘nalishiga kiradi. Ma’lumki, faranglar eng ko'p vino ichadigan xalqlardir. Vino turizmidagi turistlar vinoning ta’mini sinab ko‘rishga qatnashadilar, shampan vinosidagi farqni bilish uchun ko‘plab vinochilik xo‘jaliklariga borishadi, vino tayyorlashni o ‘rganishadi, vinoni mehmonlarga uzatishni mashq qilishadi, vinoning navlarini to‘plab, uylariga olib ketishadi. Ko‘plab turistlar qadimiy qaFalar, tarixiy ibodatxonalar, arxeologik topilmalar joylashgan qishloqlarda bir necha kun qolib ketishadi. Ular qishloq uylarida joylashib, piyoda sayrga chiqishadi, ibodatxonalar, tarixiy joylami o‘rganishadi va ovqatlanishga toMiq haq to‘lashadi, o‘zlari ovqat tayyorlashmaydi. Alp togMaridagi qishloqlar esa asosan chang‘i sporti havaskoriariga turistik xizmatlar ko‘rsatishadi.
Germaniya modeli. Germaniyada qishloq turizmini fermer turizmi deb nomlashadi. Tabiiylikka intilgan nemislar imkoni boricha qishloqlardagi eski uylarda yashashga intiladilar. Shuning uchun ham nemislar qishloqlarda zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uylami qurishmaydi. Nemis turistlari qishloqlarda dam olishda yerda ishlash, hayvonlarni boqish, madaniy o‘tirishlar, suhbatlar va baliq ovlashga qiziqadilar. Qishloq turizmi tashkilotchilari asosan yozgi - ta’til mavsumiga to‘g‘ri keladigan xalqning milliy bayramlari, milliy folklor festivallariga moslab turmahsulot tayyorlashadi, qishloqlarda xalqaro ko‘rgazmalar ko‘plab tashkil qilinadi. Masalan, «Oktoberfast» bayramiga jahonning deyarli barcha mamlakatlaridan turistlar ketishadi. Shuningdek, nemis qishloqlarida 100 yillab o‘z tarkibini o'zgartirmasdan tayyorlanayotgan pivo ichimligi bayramlari ham ko'plab uyushtiriladi.
Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling