403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Download 52.21 Kb.
|
Sintaksis. Sitora Maxammadiyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gap bo’laklari
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ketma-ket ergash gap. To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar 1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; 2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku! Ketma-ket ergash gap. Har bir ergash gap to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g‘o’zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ldi.
a) ot bilan: Daraxt shoxlari egildi. b) olmosh bilan: U menga yoqmaydi. v) otlashgan so’zlar bilan:To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. g) ibora bilan: Qildan qiyiq axtarish uning odati bo’lib kelgan.
a) fe’l bilan: Mehnat insonni ulug’laydi. b) sifat bilan: Voqeadan hamma xabardor. v) ot, son, olmosh, ravish bilan: Mening akam student; Ikki o’n besh-bir o’ttiz. Bularning bari sizniki. Dangasaning vaji ko’p. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab ikki xil bo’ladi: fe’l-kesim, ot-kesim.
Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot,sifat, son, olmosh, ravish hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mehnatning noni shirin bo’ladi. Uning maqsadi shu edi. b) yo’q, bor, oz,ko’p, zarur, lozim, kerak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. Suyanadigan hech kimi yo’q edi. v) Harakat nomi hamda kerak, zarur kabi so’zlardan iborat bo’ladi: O’quvchi intizomli bo’lishi kerak. Download 52.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling