F-fikringizni bayon eting
|
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” degan savollar qo’yilgan.Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilmaxillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha, "Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olib keladi. XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln. tonnagacha oshirib, ozon tuynugini AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz edi va shu maqsadda ,,Rim klubi” tuzildi. Bu klub rejalari o’zini uncha oqlamagani 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda ,,Atrof-muhitni muhofaza qilish” konferensiyasi chaqirilishiga sabab bo’ldi. Unda 5ta muhim qaror va hujjat qabul qilindi:• ,,Stokgolm deklaratsiyasi” da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi.• ,,Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan.• Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrofmuhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan.• Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.• Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi
|