409-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida


Download 171.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2022
Hajmi171.56 Kb.
#1044405
Bog'liq
159 Ijtomoiy muxofaza



409-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
“Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat
bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga qabul
qilishda ish o‘rinlarini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 32 va
34-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5
dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish
topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha
olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini
belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida” Nizomiga va Uchtepa tumani
Hokimining 2022-yil 12-oktyabrdagi 329-14-202-Q/22-sonli qarori
ijrosini
ta’minlash hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va
mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga
joylashtirish uchun 2022-yil uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida
Buyuraman:
1. Uchtepa tumani xokimining 2022-yil 12-oktyabrdagi 329-14-202-Q/22-sonli
qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning ilovasida Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ijtimoiy
muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng
shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga qabul qilishda ish o‘rinlarini
belgilash va zaxiraga qo‘yish” bo`yicha quydagi toifada: - Ta`lim muassasasini
tugatgan yoshlar, -BKMda ish qidiruvchi sifatida xisobda turgan pensiya yoshiga
yaqinlashib qolgan shaxslar uchun, - muddatli xarbiy xizmatdan bo`shatilgan
shaxslar uchun, -yolg`iz ota, yolg`iz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalalari
bor ko`p bolali ota-onalarga ajratilgani inobatga olinsin.
UCHTEPA TUMANI MAKTABGACHA TA’LIM BO‘LIMI TASARRUFIDAGI
409-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING
B U Y R U G‘ I
2«12»2022 yil.
159-14-202-DMM/2022-son


3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band
qilib qo`yilgan ish o`rni ilgari ushbu ish o`rnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi to`xtatilishi munosabati bilan bo`shab qolganda bu haqida
tashkilot 10 kun muddatda tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazini
yangidan ochilgan bo`sh ish o`rni to`g`risida xabardor etilishi ta`minlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-
son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda
qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan
shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va
zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish
topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini belgilangan son xisobidan yil
boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 foizi, qolgan qismini band qilish
keyingi kalendar yilning 1-choragi mobaynida band qilinshi belgilanganligi
inobatga olinsin.
5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga belgilangan
shakl bo‘yicha Ijtimoiy muhofazaga muxtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi
axborot taqdim etilsin.
6. Uchtepa tumani Hokimining 2021-yil 21-oktyabrdagi 112-14-202-Q/21-sonli
qarori va shu asosida Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2020-yil 25-
oktyabrda chiqarilgan “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va
mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga qabul
qilishda ish o‘rinlarini belgilash va zaxiraga qo‘yish” to‘g‘risidagi 49-sonli
buyrug‘i 2023-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
7. Ushbu buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni o‘z zimmamda qoldiraman.
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR
Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH.
NURDONABONU ALISHERZODA
AQLJON QIZI
Imzolangan sana
02.12.2022 17:38
Hujjat kodi
VO4428561871
Hulosa kodi
WD6028153484

Download 171.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling