41-§. Yashash uchun kurash va uning turlari 10 sinf "Biologiya" darsligi asosida


Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash


Download 1.75 Mb.
bet2/2
Sana11.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1454439
1   2
Bog'liq
Yashash uchun ku

Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash.Yuqoridagilardan farqli ravishdabir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha raqobat ro‘y beradi.

  • Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash.Yuqoridagilardan farqli ravishdabir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha raqobat ro‘y beradi.
  • Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar o‘rtasida urg‘ochi organizmlar bilan qo‘shilish uchun kurash ketadi. G‘o‘za, bug‘doy va boshqa o‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular orasida yorug‘lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‘lib o‘sadilar.
  • Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‘p qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‘proq suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi.
  • Buning hisobiga qo‘shni daraxtlar zaif bo‘lib o‘sadi yoki o‘sishdan to‘xtab nobud bo‘ladi. Tur ichidagi kurash eng shiddatli bo‘ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy ehtiyojlari bir xil bo‘ladi.

Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi. Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi.

  • Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi. Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi.
  • Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo etilayotganda tuproqqa zamburug‘ gifalari solinib, mikoriza hosil qilinadi. Respublikamizdagi ko‘llar, suv havzalarida baliqlarni sun’iy yo‘l bilan urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho‘rtan) va uncha ahamiyati bo‘lmagan (gambuziya) baliqlardan tozalanadi.
  • Shundan keyin suv havzalarida xo‘jalik uchun ahamiyatli hisoblangan baliqlar ko‘paytiriladi. Ovchlik xo‘jaligini ilmiy asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya’ni urchish davri, nasl miqdori, ularning voyaga yetish muddati, nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar orasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi.
  • Yirtqich hayvonlar – bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ularning sanitarlik roli, ya’ni o‘ljalar orasida nimjon, kasal individlarini ko‘plab yo‘qotishi hisobga olinadi.
  • Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simlilar yashovchan bo‘ladi. Ular madaniy osimliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘r satmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqalar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos etiladi.
  • Zararkunanda hasharotlar – xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va hokazolarga qarshi kurashda, mikrofanus, oltin ko‘z, trixogramma, afelimus, tugmachaqong‘izlardan (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq, chittak va boshqalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqori hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling