41 javob O`simliklar tarqalishiga ta`sir etuvchi abiotik omillar Yomg`ir suvi
Download 28.05 Kb.
|
40 дан 50 гача жавоблар
49 javob Fanning predmeti
O’simliklar geografiyasi botanika bilan geografiya o’rtasidagi oraliq fan bo’lib o’simliklarning yer yuzida tarqalishi , tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi.Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’simliklarning tarqalishi haqidagi fikr bayon etish uchun o’simliklar hayoti ularning xilma xilligini bilib olish zarur hisoblanadi. Aks holda ularning yer yuzida tarqalishi haqidagi ma’lumotlar quruq yodlash tasvirlash tarzida amalga oshiriladi. Bunday bo’lishga esa hech qachon yo’l qo’ymaslik kerak. O’simliklar geografiyasi faqat hozirgi vaqtda yashab turgan o’simliklarning tarqalishi bilan qiziqmaydi, balki uzoq o’tmishda yashagan va tarqalgan hozirgi kunda esa nobud bo’lib ketgan o’simliklar bilan qiziqadi va ular haqidagi ma’lumotlarni botanikaning boshqa bir tarmog’I –paleobotanika fani o’rganadi. O’simliklarning tarqalishi haqida gap borganda , har bir geografik zonaning o’ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur. Bu vazifa bilan esa botanikaning yana boshqa tarmog’i-o’simliklar ekologiyasi shug’ullanadi.Har bir aniq yerning iqlim, tuproq, relef va boshqa sharoitlarini o’rganish asosida shu yerda o’sadigan o’simliklar hayotini aniq tasavvur etish mumkin bo’ladi. O’simliklar umuman tashqi muhit qolaversa, konkret tuproq sharoitiga bo’lgan munosabatini botanikaning boshqa bir tarmog’i-geobotanika fani o’rganadi. Shunday qilib, o’simliklarning tarqalishi, yashash sharoitlari, tarqalish qonuniyatlarini o’rganuvchi soha keng ma;noda olganda o’simliklar geografiyasining vazifasi bo’lib, u o’simliklar ekologiyasi, geobotanika, o’simliklar floristik geografiyasi, o’simliklar tarixi geografiyasi kabi bo’limlardan tashkil topgandir. Eramizdan oldingi IIIasrga kelib, o’simliklar oidma’lumotlar botanika fani va uning tarmoqlari o’simliklar geografiyasi faninning fan sifatida rivojlanishiga imkon berdi. O’sha vaqtlarda yashagan ko’pgina olimlar bu fanning fan sifatida rivojlanishiga o’zining hissalarini qo’shganlar. Shu davrda yashagan yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel(Arastu) hamda uning shogirdi hisoblanga Teofrast boshqa fanlar qatori o’simliklarga tegishli ma’lumotlarni ancha raetibga soldi va uni rivojlantirdi.
Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling