Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja


Download 146.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.58 Kb.
#1598841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI



MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI 
Reja: 
1.Floristik komplekslar haqida tushuncha, floristik rayonlashtirish va uning amaliy 
ahamiyati 
2. Floristik shox bo’limlar, oblastlar va ularning tavsifi 
3. Yer yuzasining floristik rayonlashtirilishi 
Tayanch so’z va iboralar: Taksonomik birliklar, hukmronlik, oblast, okrug, 
stenopopulyastion maydon, golarktik, paleotropik, neotropik, Kap, Avstraliya
Golantarktik o’simliklar hukmronliklari, o’simliklarni geografik tarkalishi. 
Shunga ko’ra o’simlik va hayvonlarning tarqalishini o’rganishda taksonomik 
birliklardan foydalaniladi: 
1. Hukmronlik. Hukmronlik eng katta taksonamik birlik bo’lib, o’simlik va 
hayvonlarning tarixan kelib chiqishi va genetik jihatdan bir-biriga bog`liq bo’lgan 
oila, sinf, tiplarning bir kancha gruppirovkasini o’z ichiga oladi. Lekin hukmronlik 
faqat hudud jihatidan katta maydonlargagina emas, u floristik va faunistik jihatdan 
juda boy va ularning boshqa joylarda takrorlanmasligi, ya’ni yaqqol ajralib 
turadigan kichik hududlarga ham bu kategoriyalar beriladi. Masalan: kap 
hukmronligi juda kichik oblast bo’lsa ham flora va faunasi boshqa joyda 
uchramaydi. Shuning uchun alohida ajratilgan. 
2. Flora va fauna oblasti - maydon jihatdan hukmronlikka nisbatan bir 
necha barobar kichik. Shu hukmronlikning ma’lum bir qismining, ya’ni o’ziga 
xosligi o’simlik va hayvonlarning shu hukmronlik ichida boshqa oblastlarga 
o’xshamasligi bilan ajralib turadi. 
3. Provinstiyalar - Oblast maydonining bir necha provinstiyalarga bulinishi. 
Bu provinstiyalar oblast ichidagi boshqa provinstiyalardan flora va faunasining 
o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
4. Provinstiyalar - o’z navbatida bir necha okruglarga bo’linadi. Okruglar 
esa rayonlarga bo’linadi. Rayonlar esa stenopopulyastion maydonlarga bo’linadi, 
ya’ni aniq maydonlarga bo’linadi. 
Hozirgi vaqtda yashab turgan o’simlik areallarini o’rganish va ularning bir-biriga 
solishtirish asosida hamda tarixiy kelib chiqishi paleantalogik metodlar bilan 
aniqlanib va genetik jihatdan bir-biriga bog`liqligini o’rgangan holda er sharining 
barcha quruqlik qismi 6 ta o’simlik hukmronligiga va 34 ta floristik oblastlarga 
bo’lib o’rganiladi. 

Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling