30 (3). Markaziy Avstraliya oblasti. Bu uchchala oblast tarkibida eng
kattasi hisoblanadi. Bunga Avstraliya cho’llari, Xind okeani qirg`ogidagi bir necha
orollar kiradi. Bu oblast hududida 85 avlod endem bir necha yuzlab turlar endem
xisoblanadi. Endem oila Avstraliya cho’llarida
daraxtli va butali savanna
o’rmonlari ko’proq uchraydi.
6. Golantartik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga janubiy
yarim sharning sovuq zonalari kirib, Janubiy Amerikaning
Patagoniya qismi
atrofidagi orollari bilan birga, xamda Yangi Zelandiya kiradi. Bu hukmronlik 4 ta
oblastga bo’linadi.
31 (1). Xuan Fernandes orollari oblasti - Patagoniyaning g`arbiy
tomonidagi Xuan Fernades orolini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 1 ta oila,20
dan ortiq avlod va bir necha yuzlab tur endem xisoblanadi.
32 (2). Chili Patagon oblasti. Bu oblast hududiga Janubiy Amerikaning
Chili Patagoniya Fonklend, Olovli Erlar va boshqa orollarni o’z ichiga oldi. Bu
oblast hududi maydon jihatdan katta va xilma-xil bunga ikki materik (janubiy
Amerika va Antarktidaning yarimoroli xam) kiradi. Bir necha o’ziga
xos iqlimli
orollar ham kiradi. Natijada bu oblast hududida 7 ta oila, 250 ta avlod, bir necha
yuzlab tur endem xisoblanadi.
33 (3). Sub antartik oblasti. Bu oblast hududiga Gof, Prins Eduvard,
Amsterdam,
Sent Pol, Kergelen orollarini o’z ichiga oladi. Bu erda 2 ta avlod,
o’nlab endem turlar mavjud, endem oila yo’q.
34 (4). Yangi Zenlandiya oblasti- bu oblast
hududiga Yangi Zellandiya,
Kermadek, Chatem, Antipot orollari bilan birgalikda bir qancha mayda orollar xam
kiradi. Bu oblast hududida bitta oila, 45 ta avlod, bir necha o’nlab
endem turlar
mavjud.