Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja


Download 146.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.58 Kb.
#1598841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI

2. Sharqiy-Osiyo oblasti - bu oblast hududiga sharqiy Ximolay, Hindiston 
chegarasidan boshlab, Xitoyning sharqiy qismi, shimoliy Birma, Koreya, 
Yaponiya, 
Saxalin
orollari kiradi. Maydon jihatidan oldingi oblastlarga nisbatan 
kichik bo’lishiga qaramay, bu oblast o’simliklar turiga nihoyatda boy. 
O’simliklarining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu oblastda 300 dan ortiq tur va 
14 dan ortiq oila endem hisoblanadi. Bunga sabab bu oblast hududida turli xil 
iqlim sharoiti bo’lganligidir.. 
3. Atlantik-Shimoliy Amerika oblasti - bu oblast hududiga Atlantika 
okeanining qirg`oqlari, Shimoliy Amerika, Janubiy Kanada hududlari kiradi. Bu 
oblastda 1 ta endem oila va 100 dan ortiq endem va bir necha yuzlab endem turlar 
bor. Bu oblastda ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, ko’knoridoshlar keng tarqalgan. 
4. Qoyali tog`lar oblasti - bu oblast Shimoliy Amerika qit’asida 
Kanadaning g`arbiy qismi va AQSh g`arbiy shtatlari ham kiradi. Bu oblastda 
yuqori o’simliklardan endem oila yo’q. 1 ta jigarsimon moxdan tashqari, lekin 
endem turlar juda ko’p. 
5. Makroneziya oblasti - Bunga bir qancha orollar kiradi. Bularni umumiy 
nom bilan Azor-Madeyra, Yashil burun orollari deb ataladi. Bu oblastda ko’plab 
orollar bo’lganligi uchun endem tur va avlodga boy. Lekin endemik oila yo’q. 
Sababi iqlim xususiyati bir-biriga yaqin. 
6. O’rta er dengizi oblasti - bu oblastga O’rta er dengizi 
atrofidagi
barcha 
mamlakat va bir qancha orollar kiradi. Bu oblast hududida bitta endemik oila va 
150 dan ortiq avlod va bir necha yuz turlar endem hisoblanadi. Endemizmni 
kuchliligiga sabab o’simliklarning kelib chiqqan markazlardan biridir. 


7. Arab Sahroi Kabir oblasti - bu oblast Hududiga Afrika sahrosining 
tropik bo’lmagan kismi kiradi. Sinay yarim oroli, Arabiston yarim oroli
Iordaniyaning bir qismi, Siriya sahrosi, Quyi Mesopotamiya kiradi. Bu oblastda 
ham endemik oila yo’k. 300 dan ortiq endemik tur aniqlangan. 

Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling