tufayli o’ziga xos o’simlik dunyosiga ega va floraga juda boy. Bu xukmronlikda 28
ta oila endem xisoblanadi. Bu hukmronlik quyidagi 5 ta oblastlarga bo’linadi.
22 (1). Karip oblasti - bu oblastga Florida
yarim orolining tropik qismi,
Kichik Antil, Galapagos, Bagam, Bermud orollari kiradi. Karip oblasti hududi bir
qancha orollar bo’lganligi sababli
ularda endemizm kuchli, ya’ni bu oblastda 2 ta
oila 500 dan ortiq avlod, 100 lab turlar endem hisoblanadi.
23 (2). Givian tog`lari oblasti - bu oblast maydoni uncha katta emas, lekin
Gvian yassi tog`larida juda qadimgi arxio o’simliklar ko’plab uchraydi va o’ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Ya’ni bu oblastda yashaydigan 8000 tur o’simlikning
4000 dan ortig`i endemik turlar hisoblanadi. Bu yassi tog`larning yuqori
qismlaridagi ayrim vohalarda endemizm 97 foizgacha boradi.
Endem oila faqat
bitta xolos.
24 (3). Amazonka oblasti - bu oblast
hududiga Amazonkanig barcha
irmoqlari bilan birga bo’lgan havzasi kiradi. Teritoriyasi katta va o’ziga xos
o’simliklar dunyosiga boy 1 ta oila 500 dan ortiq avlod va 3000 dan ortiq tur
emdem xisoblanadi. Bu oblast hududida tropik yomg`irli o’rmonlarning juda katta
maydoni mavjud. Bunday o’rmonlar er sharining boshqa maydonida unchalik katta
yaxlit maydonda uchramaydi.
25 (4). Braziliya oblasti. Bunga Braziliya Yassi tog`ligi, Atlantika okeani
qirg`og`idagi bir necha mayda orollar kiradi. Bu oblast hududida endem oila yo’k.
400 dan ortiq avlod va 100 lab turlar endem xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: