17. Malineziya oblasti. Bunga Indoneziya, Filippin, Sumatra, Kalimantan,
Yangi Gvineya, Salomon orollari va juda ko’plab mayda orollarni o’z ichiga oladi.
Bu oblast maydoni bir necha yuzlab orollardan tashkil topgan. Iqlim sharoiti
nihoyatda xilma-xil, lekin ularda umumiylik bop. Bu oblast hududida ikkita endem
oila va ko’plab endem turlar mavjud. Ayniqsa, Yangi Gvineya oroli o’ziga xos
bo’lib, bu erda 140 dan ortiq endem avlod yashaydi.
18. Fidji orollari oblasti. Hududi juda kichik orollari juda ko’p. Bunga
Yangi Gibrit, Samoa, Tongo orollari kiradi. Bu oblastda bitta oila, juda ko’p
endemik avlodlar va turlar mavjud. Fidji orollari endemik turlarga juda boy.
19. Poleneziya oblasti. Bu oblast hududiga Tinch okeanining katta maydoni
va yuzlab orollar kiradi. Bunga Korolin,
Marshall
, Gilbert, Marian, Ellis, Feniks,
Markiz orollari kiradi. Bu oblast tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lishiga qaramay,
bularda endemik oila yo’k. Lekin bir necha yuzlab avlod, yuzlab endemik turlar
bor.
20. Gavayi orollari oblasti. Maydon jihatdan boshqa orollardan bir necha
marta kichik, lekin er sharidagi mavjud orollar ichida o’ziga xosligi bilan ajralib
turadi. Sababi quruqlikdan ancha uzoqda joylashgan, ya’ni suv bilan
izolyastiyalangan orol hisoblanadi. Shuning uchun bu oblast o’simlik olami
nihoyatda xilma-xil. Shuning uchun olimlar maydoni juda kichik bo’lishiga
qaramay,
bunga
oblast
darajasini
berishgan.
Bu
oblast
o’simliklari
ko’pchiligi
aborigen
, lekin inson faoliyati natijasida migrastion yo’l bilan kelib
qolgan turlar xam mavjud. Bular Amerika qit’asiga birmuncha yaqinroq
bo’lganligi sababli shimoliy Amerikada va Amerikada o’sadigan o’simliklar ham
uchraydi.
21. Yangi Kaledoniya oblasti. Bu oblast xam maydon jixatidan kichik
hududni o’z ichiga oladi. Asosan bunga Yangi Kaledoniya oroli va uning
atrofidagi bir necha orollar kiradi. Endemizmga juda boy. O’simliklarning oltita
oilasi 130 dan ortiq avlod va minglab endem turlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |