8. Eron-Turon oblasti - Siriyaning katta qismi, Shimoliy Falastin,
Iordaniya,
Yuqori
Mesopatamiya,
Armaniston
tog`lari,
Janubi-sharqiy
Zakavkaziya, Eron, Afg`oniston, Pokiston, Tibet sistemasi, Mongoliya, Shimoliy
Sibirning janubiy qismi kiradi. Bu oblast hududi keskin kontinental iqlimli bo’lib,
lekin xilma-xil o’ziga xos iqlim sharoitiga ega bo’lgan bir necha tog`liklar
sistemasi joylashganligi sababli endem turlarga boy hisoblanadi. Masalan,
ayiqtovondoshlar,
atirguldoshlar,
sho’radoshlar,
ko’knoridoshlar,
ituzumdoshlarning ko’p turlari endem hisoblanadi. Mavjud turlardan bir qanchalari
bu oblast uchun relekt hisoblanadi.
9. Madeyra yoki Sanor oblasti - bu oblast Shimoliy Amerika qit’asining
g`arbiy soHillarida Kaliforniya sahrolari, Meksika tog`liklari va AQShning bir
qancha shtatlarini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 4 ta endemik oila, 45 ta
avlod va 200 dan ortiq endem turlar bor. Iqlim sharoiti nihoyatda xilma-xil.
2. Poleotropik
o’simliklar hukmronligi. Bu
hukmronlikka
Tinch
okeanining tropik orollari (Sharqiy Amerikadagi tropik orollar bunga kirmaydi),
Afrika qit’asining okeandagi qator orollari, Hindiston, Xindixitoy, yarim oroli,
Indoneziya orollari kiradi. Bu hukmronlik yaxlit qit’alardan iborat bo’lmasdan
iqlimi jihatidan o’ziga xos 1000 lab orollarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham
endemik turlarga boy va 40 ta enden oila mavjud.
10. Gveniya-Kongolez oblasti - Bunga sharqiy Afrika Respublikalari,
Kamerun, Kongo, Kot-Iuar va boshqalari, Gveniya va Kongo daryosining
havzalari kiradi. Kongo daryosining havzasi nihoyatda xilma-xil iqlim sharoitiga
boy bo’lganligi uchun bu oblast o’zining qo’shni oblastlardan floraga boyligi bilan
farq kiladi, uning uchun oblastning o’zida 6 ta oila endem bir necha yuzlab endem
turlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |