41. Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqich­la­ri­ga kirmaydi?


Download 14.72 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi14.72 Kb.
#157195
Bog'liq
z KiI 4B8dQ0AWDQFzvTzCfY-2dQNoL-1


41. Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqich­la­ri­ga kirmaydi?

a) iqtisodiy faoliyat;

b) ishlab chiqarish;

c) taqsimlash;

d) ayirboshlash;

e) iste’mol.



42. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi?

a) infratuzilma;

b) ishlab chiqarish infratuzilmasi;

c) ijtimoiy infratuzilma;

d) bozor infratuzilmasi;

e) iqtisodiy infratuzilma.



43. Quyidagilardan qaysi biri infratuzilma tarkibiga kirmaydi?

a) ishlab chiqarish infratuzilmasi;

b) ijtimoiy infratuzilma;

c) bozor infratuzilmasi;

d) qishloq infratuzilmasi;

e) iqtisodiy tarkibiy tuzilmasi.



44. Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishning qaysi yo‘li aholi turmush farovonligi o‘sishini cheklashga olib keladi?

a) iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;

b) resurslar unumdorligini oshirish;

c) resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanglash;

d) resurslarni samarali uyg‘unlashtirish;

e) jamiyat ehtiyojlarini cheklash.



45. Milloddan avvalgi davrdagi mutafakkirlar (Xamurapi, Manu, Konfutsiy, Ksenofont, Platon, Aristotel, Varron, M.Katon, Kolumella va boshqalar)ning iqtisodiy qarashlarida nimalar o‘z o‘rniga ega bo‘lgan?

a) tovar ishlab chiqarish va pulning vujudga kelishi;

b) raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va ishlab chiqaruv­chi­lar tabaqalanishi;

c) sudxo‘rlikning paydo bo‘lishi va ishlab berish rentasining qaror topishi;

d) yaratilgan mahsulotning taqsimlanishi, boylikning vujudga kelishi, mehnatni tashkil qilish va yerga mulkchilik masalalari;

e) dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi va hunar­mand­chi­likning paydo bo‘lishi.



46. Milloddan keyingi ming yillikda Sharqning qaysi muta­fak­kir­lari qarashlarida insonlarning ishlab chiqarish faoliyati, mehnat va uning jamiyatdagi roli, tovar qiymati va iste’moli qiymati, ayirbosh­lash jarayoni, tarixiy-ijtimoiy taraqqiyot prinsiplari kabi masalalar alohida o‘rin tutgan?

a) Ibn Sino;

b) Farobiy;

c) Abu Rayhon Beruniy;

d) Yusuf Xos Hojib;

e) Ibn Xoldun.



47. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan kimning qarashlarida inson ehtiyojlariga munosabat bildirilgan?

a) A.Navoiy;

b) Farobiy;

c) Ibn Sino;

d) Abu Rayhon Beruniy;

e) Ibn Xoldun.



48. Quyidagi mutafakkirlardan kim pulning kelib chiqish sa­bab­lariga o‘z qarashlarini bayon qilgan?

a) Ibn Sino;

b) Farobiy;

c) Abu Rayhon Beruniy;

d) A. Navoiy;

e) Ibn Xoldun.



49. Jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususi­yat­­lari, pul va uning vazifalari kabi masalalar qaysi mutafakkir qarashlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan?

a) Farobiy;

b) Yusuf Xos Hojib;

c) A. Navoiy;

d) Ibn Sino;

e) Abu Rayhon Beruniy.



50. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, so­liq­­larni belgilash tartibi kabi masalalar qaysi alloma qarashlariga tegishli?

a) Ibn Sino;

b) A. Navoiy;

c) Farobiy;

d) Abu Rayhon Beruniy;

e) Yusuf Xos Hojib.



51. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida “Siyosiy iqtisod” nomi bilan mustaqil fan sifatida qachon shakllana boshlagan?

a) XII–XIV asrlarda;

b) X–XI asrlarda;

c) XVI–XVII asrlarda;

d) XVIII–XIX asrlarda;

e) XV–XVI asrlarda.



52. “Siyosiy iqtisod” tushunchasi shakllangan grekcha “politi­kos”, “oykos”, “nomos” so‘zlari qanday ma’noni anglatadi?

a) ijtimoiy, uy xo‘jaligi, qonun;

b) jamiyat, davlat, qonun;

c) iqtisodiy, xonadon xo‘jaligi, qonun;

d) davlat, uy, qonun;

e) siyosiy, oila xo‘jaligi, qonun.



53. Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u sav­do­da, “asosan, tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga tegishli?

a) merkantilizmga;

b) fiziokratlarga;

c) klassik siyosiy iqtisodga;

d) marjinalizmga;

e) keynschilikga.



54. “Jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqim vakillariga tegishli?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) marjinalizm;

d) keynschilik;

e) klassik siyosiy iqtisod.



55. Boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga taalluqli?

a) merkantilizm;

b) klassik siyosiy iqtisod;

c) fiziokratlar;

d) marjinalizm;

e) keynschilik.



56. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli?

a) U. Petti;

b) A. Smit;

c) D. Rikardo;

d) F. Kene;

e) T. Man.



57. Talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozorning o‘z-o‘zidan tartibga solishi (“ko‘rinmas qo‘l”) hamda insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaat ekanligi g‘oyasini kim ilgari surgan (“Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” asarida)?

a) U. Petti;

b) A. Smit;

c) D. Rikardo;

d) Sismondi;

e) F. Kene.



58. Qiymat va foydaning hamda turli sinf daromadlarining yagona manbai mehnat ekanligi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?

a) A. Smit;

b) U. Petti;

c) F. Kene;

d) Sismondi;

e) D. Rikardo.



59. Qaysi g‘oyaviy oqim namoyondalari kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum o‘rnatish talabi bilan chiqadi?

a) fiziokratlar (F. Kene va boshqalar);

b) merkantalistlar (V. Stafford, T. Man, A. Monkreten, Jon Lou, G. Skaruffi va boshqalar);

c) klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti, A. Smit, D. Rikardo va boshqalar);

d) sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sh.Fure, R.Ouen va boshqalar);

e) marjinalistlar (K. Menger, F. fon Vizer, E. fon Bem-Baverk, U.S. Jevons va boshqalar).



60. Qaysi g‘oyaviy oqim jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jara­yon sifatida qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to‘g‘risidagi ta’limot­ni va qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratgan?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) marksizm;



d) monetarizm;

e) marjinalizm.
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling