42-o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika fan oyligini o’tkazish rejasi
Tadbirlar mazmuni
|
O‘tkazish muddati
|
Mas’ul
|
I – hafta Matematika fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi Matematika fan oyligi boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS talablariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olish. o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada tahlil qilish (Jadval va diagrammalar asosida);
– «Matematikani o‘qitishda masalalar yechish texnologiyalari»
– mavzusida o‘quv-seminar tashkil etish;
– Samarali dars – uni namunali rejalashtirish, metod va usullarning xilma-xilligi, fanlararo bog‘lanish, xayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, natijaviylik, qiziquvchanlik, faollikka erishish masalalariga qaratilgan davra suhbatini tashkil qilish orqali o‘zaro darslarni kuzatish va taxlil qilish.
|
1-9 fevral
|
Sh.M.Xaydarova—matematika va informatika fani o’qituvchisi
|
II – hafta Ochiq darslar haftaligi
Dushanba – “5-B ” sinfda “Aralash sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusida.
|
11-16 fevral
|
Sh.M.Xaydarova—matematika va informatika fani o’qituvchisi
|
III- hafta Matematik marafonlar haftasi
Dushanba – 5- sinflar uchun “Matematik bellashuv” .
|
18 – 23 fevral
|
J.Arslonov—42-maktabning direktori, O.Yermolina—42-o’rta ta’lim maktabi O’IBDO’, Sh.M.Xaydarova—matematika va informatika fani o’qituvchisi
|
IV – hafta Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning natijalari Dushanba – “5-A va 5-B” sinflarda olib borilgan to‘garak ishlarining hisobotlari; Seshanba – to‘garak a’zolarining chiqargan devoriy gazetalari, o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali materiallar tanlovi, tayyorlangan dars ishlanmalari, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va eng namunali matematika daftari kabilar ko‘rgazmasi; Chorshanba – Fan oyligi davomida olib borilgan ishlarni, eng yaxshi matematika fani o‘qituvchisining faoliyati kabilarni ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie orqali targ‘ib qilish; Payshanba – Olimlar, tuman, shahar, viloyatdagi eng yaxshi matematika fani o‘qituvchilari, ustoz-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar; Juma – “Matematika fanining ravnaqiga hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik olimlar” mavzusida to‘garaklarning ochiq mashg‘ulotlarini tashkil etish; Shanba – amalga oshirilgan ishlarning hisobotlarini olish, umumlashtirish kabilar.
|
Fevral oyi davomida
|
|
Tuzuvchi: Matematika va informatika fani o’qituvchisi SH.Xaydarova
Do'stlaringiz bilan baham: |