43-§. Hayvonlarning hazm qilish organlari evolutsiyasi


Download 1.54 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1561861
Bog'liq
Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va fiziologiyasi

Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va fiziologiyasi

Reja

Deyarli barcha hayvonlar tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. Oziqlanish jarayonida bu moddalar murakkab o‘zgarishlarga uchraydi va organizm uchun zarur bo‘lgan moddalarga aylanib, qurilish materiali sifatida sarflanadi yoki oxirgi mahsulotlargacha parchalanib energiya hosil qiladi.

  • Deyarli barcha hayvonlar tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. Oziqlanish jarayonida bu moddalar murakkab o‘zgarishlarga uchraydi va organizm uchun zarur bo‘lgan moddalarga aylanib, qurilish materiali sifatida sarflanadi yoki oxirgi mahsulotlargacha parchalanib energiya hosil qiladi.
  • Bir hujayrali organizm – amyobalar oziq moddalarni soxta oyoqlari yordamida qamrab olib, sitoplazmadagi suyuqlikdan hazm shirasi hosil bo‘lishi natijasida oziq hazm bo‘ladi. Hazm shirasi tarkibida oqsil, yog‘, uglevod va nuklein kislotalarni parchalaydigan fermentlar mavjud.

Tuban ko‘p hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi.

  • Tuban ko‘p hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi.

Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo bo‘lgan. Ozuqa og‘iz teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka o‘tib hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan qismi og‘iz orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ularning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Parazitlik qilib yashaydigan tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish soddalashib, oziq tana yuzasi bo‘ylab so‘rib olinadi.

  • Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo bo‘lgan. Ozuqa og‘iz teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka o‘tib hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan qismi og‘iz orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ularning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Parazitlik qilib yashaydigan tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish soddalashib, oziq tana yuzasi bo‘ylab so‘rib olinadi.

To‘garak chuvalchanglarda hazm sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak va orqa ichakdan iborat. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi orqali chiqarib yuboriladi. To‘garak chuvalchanglardan boshlab orqa ichak va anal teshigi paydo bo‘lgan.

  • To‘garak chuvalchanglarda hazm sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak va orqa ichakdan iborat. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi orqali chiqarib yuboriladi. To‘garak chuvalchanglardan boshlab orqa ichak va anal teshigi paydo bo‘lgan.

Molluskalarning ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan boshlab halqumida muskulli til, tilning ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan. Hazm qilishda ishtirok etadigan bezlarning faoliyati ortadi. Jigar ishlab chiqaradigan suyuqlik oshqozonga quyiladi, bir juft so‘lak bezlarining yo‘llari esa halqumga ochiladi.

  • Molluskalarning ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan boshlab halqumida muskulli til, tilning ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan. Hazm qilishda ishtirok etadigan bezlarning faoliyati ortadi. Jigar ishlab chiqaradigan suyuqlik oshqozonga quyiladi, bir juft so‘lak bezlarining yo‘llari esa halqumga ochiladi.
  • Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib, ular yordamida oziq maydalanadi. Bezlarning faoliyati ham kuchayadi. Masalan, o‘rgimchaklarda zahar bezi ovqat hazm qilishda ham ishtirok etadi. Bir juft so‘lak bezlarining yo‘li esa og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi.
  • Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga ajralmagan nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib anal teshigigacha davom etadi. Ichakning oldingi qismidan jigar o‘simtasi hosil bo‘ladi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling