44-mavzu bugungi g еosiyosat va o‘zbеkiston hozirgi kunda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda
Download 70.77 Kb. Pdf ko'rish
|
44 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assambleyasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlari ishida faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72, 75
O‘tgan
qisqa davrda xalqaro hamjamiyatda mamlakatimizning nufuzi va obro‘yi oshib, hamkorlarimiz ko‘payishi va bu jarayon kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlari ishida faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72, 75, 76 va 78-sessiyalarida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining Oliy darajadagi segmentida ma’ruzalar qildi. O‘zbekiston bugungi kunda bir qator xalqaro tashkilotlararo minta- qalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda amaliy hissasini qo‘shib kelmoqda. BMT, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, «Markaziy Osiyo – AQSH» (S5+1) kabi tashkilot va platformalar orqali xalqaro munosabatlar tizimida hamkorlikni yanada mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlash doirasida qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbus qilgan 6 ta rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinib amaliyotga kiritildi. https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi 2017-yil 19-sentabr kuni Bosh Assambleyaning 72-sessiyasi doirasida O‘zbekiston rahbari tashabbus qilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasiga dunyoning 50 ta davlati o‘z hammuallifligini e’lon qilgan va 2018-yil 12-dekabr kuni ushbu rezolyutsiya Bosh Assambleya tomonidan qabul qilindi. Bundan tashqari, «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish to‘g‘risida» (2019-yil dekabr), «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida» (2021-yil may), «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiya» (2022-yil iyul), «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi (2022-yil dekabr) rezolyutsiyalar qabul qilinib, bugungi kunda turli mintaqalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari tashabbus qilgan va Bosh Assambleya 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan «Pandemiya davridagi davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risida»gi kodeks ham xalqaro hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim hujjat sifatida qabul qilindi. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida ham dunyoning global muammolariga birgalikda qarshi kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda ta’minlash borasida yanada muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Bugun dunyoda insoniyat iqlim o‘zgarishiga oid uch yirik muam- moga duch kelayotganligi sanab o‘tilib, dunyo davlatlariga iqlimning isishi, atrof bioxilma-xillikning kamayishi va atrof-muhit ifloslanish darajasining oshib borishi keskin muammolarni tug‘dirayotganligini ta’kidlab o‘tgan edi. Bu muammolarga qarshi birgalikda kurashish va yechim izlash borasida kelasi yil Samarqandda Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilishi qayd etib o‘tilgan edi. Ushbu forum yakunlari bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida hamjihatlik» deb nomlangan rezolyutsiya loyihasi tayyorlanishi aytilgan edi. Bu forum ham bugun mintaqada keskin muammoga aylangan suv resurslarining kamayib borishi, transchegaraviy daryolardan foydalanishda yangi subyektlar paydo bo‘layotganligi, iqlim isish jarayonlari tezlashayotganligi va atrof-muhit muhofazasi borasida o‘ziga hos yechimlar topishga qaratilgan bo‘ladi. Download 70.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling