46. Shunda men atrofdagi odamlarni sanab sanog‘iga yetolmagandim
Download 26.88 Kb.
|
27,02,2021 1 гурух 30
46. Shunda men atrofdagi odamlarni sanab sanog‘iga yetolmagandim. Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida necha o'rinda fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan? A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta 47. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng og‘ir gunoh sanalishini unutmang.Ushbu gapda faqat qo'shimcha qismida tovush o‘zgarishi ro‘y bergan so‘zning sintaktik vazifasini toping. A) hol B) aniqlovchi C) to‘ldiruvchi va kesim D) kesim 48. So'zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng unlilar bilan tugagan gapni aniqlang. A) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda. B) Uning boyligi sira tugamas ekan. C) Kishining hurmati o‘z qo'lida. D) Uydan maktabga bora boshladim. 49. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi tovush tushish hodisasi to‘g‘ri izohlangan? Sening tug‘ilib o'sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. A) 2 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha qo‘shilishi B) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida, 2 o‘rinda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida C) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida, 1 o'rinda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida D) 2 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha qo‘shilishi natijasida, 1 o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida 50. Ismlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A) ot, sifat, son, ravish, fe’l, olmosh, taqlid so‘zlar B) ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi, taqlid so'zlar C) ot, sifat, olmosh, fe’l, harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh D) ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, son, taqlid so‘zlar 52. Yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo'lgan, asosida faqat jarangsiz undosh qatnashgan sifatni toping. A) ochiq B) yasama C) tuzsiz D) yozgi 53,Tilshunoslikning leksikolo- giya bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan? A)grammatik ma’no, undovlar, bog’lovchi
D) yordamchi so'zlar, bog‘lama, hol 54. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida tovush o'zgarishiga uchragan yasama so‘z qaysi gapda ega vazifasida kelgan? A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to‘xtatdi. B) Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqardi. C) Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza qanotlari teztez ochilib-yopilardi. D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig'i eshitildi. 55. Tunov kuni biznikida Bo‘ldi kattakon hashar. Ko‘chib keldi deyman-ov Hasharga butun shahar... Hashar rosa qizidi. Ushbu parchada ma’no ko‘chishining qaysi turlari ishtirok etgan? A) metafora, metonimiya, sinekdoxa B) metafora, metonimiya C) metafora D) metonimiya, vazifadoshlik 56. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidan kechmas. Ushbu gapda ismlarning munosabat shakllari soni nechta? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 57. Qaysi javobda tarkibida faqat unli va jarangli undosh tovushlar ishtirok etgan sifat yasovchi qo‘shimchalar keltirilgan? A) -ma, -siz, -kor, -chan B) -ildoq, -bad, -bob, -don C) -zor, -g‘ich, -lab, -dor D) -don, be-, -bad, -mand 58. Qaysi javobdagi fe’lda I shaxs birlik ma’nosi o‘rnida II shaxs birlik shakli qo'llanishi uchraydi? A) «Yigitlar, bir harakat qilsak, marra bizniki, ana boshliq ham keldilar», — dedi Yolqinjon. B) Kamina xizmatingizni sidqidildan bajaradi, xavotir olmang, aka. C) «Qani, qizim, marhamat qilsinlar, mehmonlar sizni kutib qolishdi», - dedi uy egasi iltifot bilan. D) «Bu dunyoning ishlariga hayron qolasan», - dedi Nodirjon o‘z-o‘ziga gapirib. 59. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan ravish so‘z tanlang. Har dovon oshganimizda, Oynatog* qarshimizda yanada... bo'lib ko‘rinardi. A) qop-qora B) shiddatli C) yaqin D) go‘zal 60. Qaysi gapda yetakchi morfemasi jarangli undoshlar va unli(lar)dan tashkil topgan yasama ot qatnashgan? A) Aravakashga biroz yalinsang, ostonanggacha olib borib qo’yadi. B) Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha suratga qarab qo'yaman. C) O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan, tillo bilan? D) O‘smalar qo‘ysam, yarashar qoshimga, do'ppilar kiysam, yarashar boshimga. 61. Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi fonemalar tovushlarning fiziologik tomoni jihatdan farqlanmaydi? A) xirs-hirs B) taxt-baxt C) qand-pand D) mart-mard 62. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi ikki xil so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladi? A) shox B) yod C) yoz D) boq 63. Qaysi so‘zlarda u unlisi noto‘g‘ri qo'llangan? 1) unutmoq; 2) unumli; 3) unub-o‘smoq; 4) umumiylik; 5) umum; 6) umurguzaron. A) 3, 6 B) 3, 4, 5 С) 1, 2, 4, 6 D) 2, 3, 5 64. So‘zning yumshog‘i g'azabni so'ndiradi, so'zning qattig'i esa odamni o‘ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinish hodisasi so‘zga qanday qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi natijasida yuz bergan? 1) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 2) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha; 3) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. A) 1, 2 В) 1, 3 C) 2 D) 2, 3 65. Qaysi gapda ko'makchi to’ldiruvchi(lar)ni shakllantirgan? A) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog‘i buzilib-yorilib ketib, mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. B) Agar o‘sha qizning ro'molchasiga solgan somon va qand orqali ularga niraa demoqchiligini bilmasang, bor davlatingga o‘t qo‘yaman! C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. D) Klinikaning bosh shifokori Mirsiddiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam olardi. 66. «Tinchlik buyuk ne’matdir», - ta’kidladi rais. Quyida berilganlardan ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir bo'ladigan grammatik o'zgarishlar to‘liq ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) ko‘chirma gapning kesimi o‘zlashtirma gap kesimiga aylanadi; 2) ko'chirma gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi; 3) ko‘chirma gapning egasi aniqlovchiga aylanadi; 4) muallif gapining kesimi o'zlashtirma gap kesimi bo‘lib keladi. A) 3, 4 В) 1, 2 С) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 67. Erlari, og‘a-inilari sha’niga ta’na toshlarini yog‘dirgan xotin-xalajlar qaysi asarda uchraydi? A) Sayfi Saroyi “Guliston bit-turkiy” B) Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» C) Halima Xudoyberdiyeva «Uyg'on» so‘zin aytgach...» D) «Kul Tigin» bitiktoshi 68. X asrdayoq qaysi buyuk alloma Sharq ko'proq nasihat bilan, G‘arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o'tgan? A) Farg'oniy B) Abu Ali ibn Sino C) Farobiy D) Beruniy 69. Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni, Kim, bu rasvoyi dijam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. A) tajnis B) radif C) iyhom D) talmeh 70. «Men urush vaqtining nozik paytlarida bo‘lgan bu o‘ldirishga oddiy o‘ldirish kabi qarayolmay-man... Mana shu nuqtalardan qarab, men bu “soddadil”, «yuvosh» va «gunohsiz» sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi bo‘laman». Zebiga qarshi aytilgan yuqoridagi mulohazalar «Kecha va kunduz» romanining qaysi qahramoniga tegishli? A) sud raisi B) zakunchi C) garnizon boshlig’i D) prokuror 71. Oshiq yuzining bo‘yraga, kiprigining jorub (supurgi)ga, husnning mushafga, mengning oyatga o'xshatilishi qaysi shoir ijodida uchraydi? A) Atoyi B) Mashrab C) Uvaysiy D) Maxmur 72. Har baytida bittadan xalq maqoli qo‘llangan Lutfiy g'azalini aniqlang. A) «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azali B) «Bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul» radifli g‘azali C) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» deb boshlanuvchi g‘azali D) «Jong‘a» chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati...» deb boshlanuvchi g‘azali 73. Biror qahramon kechirgan hodisalar shoir tuyg‘ulari bilan uyg'unlikda tasvirlangan, she’riy yo‘lda yozilgan asarlar nima deb ataladi? A) ocherk B) poema C) drama D) povest 74. Qaysi javobda quyidagi to'rtlik janri keltirilgan? Dedim: ayt, umrning ma’nosi nima? Dedi: chaqmoq, yo sham, yoki parvona. Dedim: bu dunyoga bino qo‘ygan kim? Dedi: yo go‘l, yo mast, yoki devona. A) qit’a B) ruboiy C) tuyuq D) g’azal 75. Qanday janrdagi asarlar qahramonlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosida quriladi? A) ballada B) doston C) tragediya D) roman 76. Jahon adabiyoti namoyon- dasi Ernest SetonTompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida «Menga qarang, bordi-yu la’nati yo‘rg‘aga duch kelib qolsangiz, ayamay otib tashlang», - deb kim aytadi? A) Kalon B) Montgomer C) Berns D) Foster Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling