466 tuproq eroziyasi va undan himoyalanish chora tadbirlari


Download 27.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1728951
  1   2
Bog'liq
tuproq-eroziyasi-va-undan-himoyalanish-chora-tadbirlari



466 
TUPROQ EROZIYASI VA UNDAN HIMOYALANISH CHORA 
TADBIRLARI 
 
t.f.n., dotsent S.T.Tuxtabayev
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti 
t.f.n., dotsent M.A.Gapparova
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti 

Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo`lgan tuproqning 
ustki unimdor qatlamining eroziyaga uchrashi sabablari va mamlakatimiz iqlim 
sharoitiga mos eroziyani oldini olish usullari tahlil etilgan. 
 

 В статье анализируются причины эрозии верхнего слоя почвы, которая на 
сегодняшний день является одной из самых актуальных проблем, и способы 
предотвращения эрозии в соответствии с климатическими условиями страны. 
 

This article analyzes the causes of erosion of the topsoil, which is one of the most 
pressing issues today, and ways to prevent erosion in accordance with the climatic 
conditions of the country. 
 
Kalit so‘zlar: Yemirilish jarayoni, tuproq erroziyasi, geologik jinslar, oqar suvlar, suv 
eroziyasi,
oqim, tik, chuqur, irrigatsiya, tomchili, chiziqli, tekislik, yer osti eroziyalari
ixotazorlar, botiq qiyaliklar. 
 
Tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera 
yogʻinlari hamda sugʻorish suvlari, shamol va boshqa omillar taʼsirida yemirilish jarayoni 
tuproq eroziyasi deb ataladi.
Tuproqning ustki unumdor (gumus) qatlami tabiiy va 
antropogen eroziya ta’sirida yuvilib yoki uchirib ketiladi. Natijada tuproq qashshoqlashib 
uning tarkibi buziladi hamda yaroqsiz yerlarga aylanib qoladi. Eroziyaga uchragan 
tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona o`tlar 2-4 marta ko`payadi. 
Yuz berish darajasiga koʻra eroziya, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga 
boʻlinadi. Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrash jarayonlari geologik 
eroziya deb yuritiladi. Geologik eroziya bu insonning ta’sirisiz ro`y beradigan jarayon 
bo`lib, tuproq tabiiy hosil boʻlish jarayonida qayta tiklanib turadi.
Jadallashgan Tuproq eroziyasi inson xoʻjalik faoliyati (madaniy oʻsimliklarni 
oʻstirishda yerdan notoʻgʻri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi maxsus choralarga 
rioya qilmay yerlarni oʻzlashtirish, sug`orish, chorva mollarni boqish, oʻrmonzorlarni 
yoʻq qilish, qurilish ishlarini olib borish va boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq 
unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi. 
So`ngi yuz yil ichida dunyoda 2 mlrd. ga hosildor tuproqlar eroziyaga uchrab 
hosildorligi keskin tushib ketgan. O`rmonlarning rejasiz kesilishi oqibatida tezlashtirilgan 
eroziya ayniqsa tropik mintaqlarda faol sodir bo`lmoqda. Natijada, hozirgi kunda 
Madagaskar oroli hududining 8/10 qismi, Chili yerlarining 72% i eroziyaga uchragan. 
Eroziya tufayli Xitoyda 25% tuproqning hosildor qismi zarar ko`rgan. Shuningdek, 
tuproq va boshqa geologik jinslar harakatdagi suvlar (erigan qor, yomg`ir va oqar suvlar) 


467 
ta’sirida yemirilishi suv eroziyasi deb ataldi. Suv eroziyasi yonbosh, oqim, tik, chuqur, 
irrigatsiya, tomchili, chiziqli, tekislik, yer osti eroziyalariga tasniflanadi. Suv 
eroziyasining boshlanishi va kuchayishi relyefi tuzilishi bilan bogʻliq boʻlib, odatda, yer 
yuzasining nishabligi 1 — 1,5° dan oshganda yuz bera boshlaydi (sugʻoriladigan yerlarda 
sugʻorish eroziyasi yuz beradi). 
a) b) 

Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling