47-dars: Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi


Download 18.38 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi18.38 Kb.
#1286737
  1   2
Bog'liq
47-mavzu


47-dars: Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi
Tire va defis (chiziqcha) atamalarini farqlashimiz kerak:
– tire punktuatsion belgi bo‘lib, uni noto‘g‘ri qo‘llash punktuatsion xato.
– defis esa orfografik belgi bo‘lib, chiziqchani noto‘g‘ri qo‘llash orfografik (imloviy xato) sanaladi.
Ot kesim va eganing orasida tire qo‘yilishi uchun kesim tarkibida bog‘lamalar, kesimlik qo‘shimchalari bo‘lmasligi kerak, shuningdek, kesim, asosan, bosh kelishik shaklida bo‘lishi lozim.
Tire kesimga oid so‘zlardan oldin, bevosita egadan keyin qo‘­yiladi.
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi:
a) ot kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, kesimlik qo‘shimchalarisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda tire qo‘yiladi. Masalan: Tinchlik – farovon hayot manbai. Ukam – o‘quvchi.
b) gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo‘shimchasi yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda. Masalan: O‘qish – ulg‘ayish. Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. Maqsadim – o‘qimoq.
c) ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda ham tire qo‘yiladi. Masalan: Bu – siz uchun katta sinov. Bu – yangi qishloq rejasi.
d) kesim olmoshning ba’zi turlari bilan ifodalanganda tire qo‘yiladi. Masalan:
Yaxshi niyatli kishilarning ahdi – shu.
Bu ishning bajaruvchisi – siz.
e) kesim sanoq son bilan ifodalanganda tire qo‘yiladi. Masalan: Uch karra uch – to‘qqiz.
f) ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajratilganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so‘zlardan oldin qo‘yiladi. Masalan: Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik – bu totuvlik, har ishda orom.
g) ega va kesim ajralmas birikma bilan ifodalanib, o‘xshashlik, tenglik kabi ma’nolarni ifodalab kelsa, tire qo‘yiladi. Masalan: Bir yil – o‘n ikki oy.
h) ba’zan kesim bosh kelishikdan boshqa kelishikda bo‘lsa ham tire qo‘yilishi mumkin. Masalan: Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
Yulduz – a’lochilarimizdan.
i) ba’zan ta’kid ma’nosini kuchaytirish uchun, eganing ma’nosini ta’kidlash, ega mantiqiy urg‘u olganligini ko‘rsatish maqsadida gapda bog‘lamalar bo‘lsa ham tire qo‘yilishi mumkin. Masalan: Urush – quyon ovi emas.
Men – mana shu minglarning biriman.
Sen – bizni ozod etuvchisan.
Vatan – bu mening sajdagohimdir.
Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi.
Bu – siz uchun katta sinovdir.
j) gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish kabi ma’nolarni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi. Masalan: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz.
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire ishlatilmaydi:
a) ot kesim tarkibida bog‘lamalar, kesimlik qo‘shimchalari bo‘lsa, tire qo‘yilmaydi. Masalan: Ilm insonning ko‘rkidir.
b) agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi.
c) kesim shaxs qo‘shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa. Masalan: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?
d) kesim sifat, son (sanoq sondan tashqari), olmosh, ravish bilan ifodalansa. Masalan: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?
e) kesim kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa. Masalan: Butun umidimiz sendan.



Download 18.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling