48-bilet Tarix falsafasi


Download 20.75 Kb.
Sana09.06.2020
Hajmi20.75 Kb.
#116460
Bog'liq
Tillaboyev D.L


Matematika fakulteti “Informatika va axborot texnalogiyalari” yo’nalishi sirtqi 1-kurs talabasi Tillaboyev Diyorbek

48-bilet

1.Tarix falsafasi - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.

Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.

XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.

Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.



Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir.

 2.Urush va tinchlik muammolari 


Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nisshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.

Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma’lum. XIX-XX asrlarda tinlik uchun kurash pasifizm, ya’ni urush va militarizm bilan bog‘liq barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi.



Ta’kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in bo‘lib borgan. Yevropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX asrda - 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya’ni ilgarigi 200 yil davomida yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda 61ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda Yer shari aholisining 80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar Yevropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi.Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun yetarlidir. Aytish mumkinki, urush va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yhatida birinchi o‘rinda turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda»123. «Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. Shu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi mumkin.
Download 20.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling