Diodli amplitudaviy cheklagichlar
Diodli ACH (10.10-rasm) keyingi kaskad kirishi va tranzistor chiqishi bilan konturning avtotransformatorli aloqa zanjirli bir konturli kuchaytirgich hisoblanadi. Bunda konturga Ed doimiy siljitishli manbali VD diod parallel ulanadi. Ed manba urniga RC-zanjirdan foydalanishi mumkin (avtomatik siljitishli sxema), Ed kuchlanish konturda kuchlanishni detektorlash natijasida olinadi. Vakt buyicha doimiy τ=RC etarlicha kata tanlanadi, u xolda konturda kuchlanish uzgarganida Ed kuchlanish deyarli uzgarmaydi.
10.10- rasm.
Diodli ACHning ishlash prinsipi quyidagicha. Agar konturdagi kuchlanish Uk < Ed bulsa, u holda VD diod yopik va konturga ta’sir qilmaydi. Bu holda sxema oddiy kuchaytirgich sifatida ishlaydi va Uk=K0´Ukir , bu erda K0´= Uk / Ukir. Agar Uk > Ed bo‘lsa, u holda diod ochiladi, uning kirish qarshiligi konturni shuntlay boshlaydi, konturdagi so‘nish ortadi, konturning ekvivalent qarshiligi Rekv rezonans paytida kamayadi, demak K0´ kuchaytirish koeffitsenti kamayadi, bu ACH chiqishidagi kuchlanishni deyarli o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlaydi. Amplitudaviy cheklagichning asosiy bog‘liqligi – amplitudaviy xarakteristika (AX) hisoblanadi. AX kirish kuchlanishi Ukir o‘zgarganda chiqish kuchlanishi Uk=Uchiq ning qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi (10.11-rasm).
Ubo‘s bo‘sagaviy kuchlanish qaysi kirish kuchlanishidan kuchaytirgich ACH sifatida ishlay boshlashini ta’minlaydi. AX idealga qanchalik yaqin bo‘lsa, (10.11-rasmdagi gorizontal chiziq). ACH amplitudaviy xarakteristikasining shakli Rekv·gd ko‘paytmaga bog‘lik, bu erda gd –diodning kirish utkazuvchanligi. Rekv·gd ko‘paytma qanchalik katta bo‘lsa, AX idealga shunchalik yaqin bo‘ladi.
10.11-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |