49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Download 1.48 Mb.
bet1/21
Sana13.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1771208
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun


49- Ma’ruza
RADIOCHASTOTA KUCHAYTIRGICHLARI
Radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar

YUkori chastotali signallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladigan elektron qurimalar radiochastota kuchaytirgichlari deb ataladi. Radiochastota kuchaytirgichlari (RCHK lar), kuchaytirgich asboblari, aloqa zanjirlari va tanlovchi tizimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kuchaytirgich asbobi sifatida tranzistor va integral mikrosxemalar qo‘llaniladi. Tanlovchi tizim sifatida esa tebranish konturi ishlatiladi. Ayrim paytlarda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tebranish konturlari ham qo‘llaniladi.


Tanlovchi va aloqa zanjirlari o‘zaro birgalikda kaskadlararo aloqa
zanjirlarini tashkil etadi va bu zanjirlarga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- kuchaytirgich asboblarining chiqishidagi qarshilik bilan kelgusi kaskadning kirish qarshiligini o‘zaro moslash;
- kuchaytirgich asboblari energiyasini yuklamaga uzatish;
- kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlab berish.
Ularga qo‘yiladigan talablar esa quyidagilar;
- shaxsiy shovqinni kamaytirish va quvvat bo‘yicha katta uzatish koeffitsientini ta’minlash;
- tanlovchanlik koeffitsientining sifatini, nafaqat asosiy kanal bo‘yicha, balki signali ham oraliq chastota kanallari bo‘yicha ta’minlash;
- geterodin signalini antenna zanjiriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va x.q.
Kuchaytirgichlarni turlarga bo‘lishda ularning o‘ziga xos belgilaridan foydalaniladi. Ularning belgi va turlarini sanab o‘tamiz:
- elektron asboblarining turlariga qarab lampali tranzistorli, parametrik va integral mikrosxemali;
- kuchaytirgich asboblarining ulanishiga qarab, ular umumiy emiterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli; tanlovchi zanjirning turiga qarab, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, transformatorli, avtotransformatorli yoki sig‘imli;
- markibidagi kaskadlarning soniga qarab, ular bir yoki ko‘p kaskadli;
- yuklama turiga qarab esa, ular rezonans yoki aperiodik yuklamali bo‘ladi.
YUklamasi tebranma konturdan tashkil topgan kuchaytirgichlarni rezonans kuchaytirgichlari deb ataladi. Bunday deyilishiga sabab tebranish konturi oldindan ma’lum bo‘lgan foydali signal chastotasiga moslanadi va u o‘sha chastota bo‘yicha rezonans xolatiga o‘tadi. Rezonans xolatida esa tebranish konturi o‘zidan faqat o‘sha foydali signal chastotasini o‘tkazadi.
YUklamasi rezistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlarni esa aperiodik kuchaytirgichlar deb ataladi. Aperiodik kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsienti rezonans kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsientidan xamma vaqt kichik bo‘ladi. Kuchaytirigilar kanday bulishidan kat’iy nazar ularning ishlash jarayoni barchasi uchun bir xildir. SHu sabab, ularning ishlash jarayonlarini tushuntirishda 7.1- rasm ko‘rsatilgan sxemadan foydalansa buladi.

7.1- rasm
Sxemada, kirish zanjiridan chiqayotgan signal kuchaytirgich asbobiga kelib tushadi. Elektr zanjirlar nazariyasiga asosan rezonans paytida kuchaytirish asbobining yuklama bo‘lgan tebranma konturning qarshiligi aktiv va katta qiymatli bo‘ladi. SHu sabab, kuchaytirish asbobiga kirib kelayotgan signal qanchalik kichik bo‘lmasin, undan qat’iy nazar, kata qarshilikda katta kuchlanish tushuvini hosil qiladi. SHunday ekan, demak bu radiosignal kuchayadi. Undan tashqari, radiosignal kuchaytirgich asboblarining o‘ziga xos xossalariga asoslangan holda kuchayadi. Kuchaytirishning bu usulida kuchlanishi manbaining ham ulushi bo‘ladi. Odatda, kuchaytirishning bu xususiy holida signal, nafaqat kuchlanish bo‘yicha, balki quvvat bo‘yicha ham kuchayadi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling