51-Ma’ruza
CHastota o‘zgartirgichlarning turlari.
Diodli chastota o’zgartirgichlar
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek o‘zgartgichlarning asosiy elementlari:
diod va tranzistorlardir. Bullar orasidagi asosiy fark shuki, tranzistorli o‘zgartgichlarda kirish kuchlanishini chiqishdagi tokga nisbatan ta’siri, chiqimdagi kuchlanishni kirishdagi tokga nisbatan ta’siridan farq qiladi. Diodli o‘zgartgichlarda esa bunday emas. Bularda tokga kirishdagi kuchlanishmi ta’sir etar ekan, tok o‘z holatini o‘zgartmay turaveradi. Demak tokga kuchlanishlarning har ikki tomonidan ta’siri bir xilda bo‘laverar ekan.
Odatda, tranzistorlar, sig‘imli va tunneli diodlar signallarni kuchaytirish xossasiga ham egadirlar. SHu sabab, ulardan foydalanib bir vaqtning o‘zida ham chastotani o‘zgartiradigan, ham signallarni kuchaytiradigan aktiv o‘zgartgichlar yasash mumkin. Lekin vazifalarni o‘taydigan diodlar esa bundan mustasnodir. Ular signallarni kuchaytirish urniga ularni pasaytiridi. Bunday diodlar asosiga qurilgan o‘zgartgichlar passiv o‘zgartgichlar deb ataladi.
Aktiv o‘zgartgichlarda, o‘zgartgich asbobi bir vaqtning o‘zida ham chastota o‘zgartadi, ham geterodin vazifasini o‘tadi. Bunday chastota o‘zgartgichlarini avtodin deb ataladi. Bunday o‘zgarigichlarda chastota o‘zgartish signal ishlab chiqarish holatlari bir xilda bo‘lmaydi. SHu tufayli alohida geterodinli chastota o‘zgartgichlarini ishlatgan maquldir.
8.2-rasmda diodli chastota o‘zgartgichning sxemasi ko‘rsatilgan. Sxemada signal manbasi va geterodin diod zanjiriga ketma-ket ulangan. Uzgartiriladigan signal kuchlanishining manbai bo‘lgan kirish kirish zanjiri va radiosignal kuchaytirgichi rasmda ko‘rsatilmagan.
8.3-rasmda tranzistorli chastota o‘zgartgichining ikki turi kursatilgan.
8.4-rasmda esa, avtodin sxemalari ko‘rsatilgan.__
8.2-rasm.
8.3-rasm.
8.4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |