DETEKTORLAR VA AMPLITUDAVIY CHEKLAGICHLAR
Detektorlar haqida umumiy tushunchalar
Modelyasiyalangan radiosignallar tarkibidan ularni modulyasiyalashishiga sababchi bo‘lgan past chastotali signallarni ajratib beradigan qurilmaga detektor deb ataladi.
Radiosignallarni amplitudasi, chastotasi, fazasi va agarda signal impulsi bo‘lsa impulslari bo‘yicha modulyasiya qilish mumkin.
Radiosignallarni shu ko‘rsatkichlarni modulyasiyalashishiga qarab, detektorlarni amplitudaviy, chastotaviy, fazaviy va impulsli deb ataladi.
Lekin, ular qaysi turga taaluqli bo‘lmasin undan qat’iy nazar, ularning quyidagi asosiy parametrlari bo‘ladi:
- uzatish koeffitsienti. Detektor chiqishidagi UmΩ o‘zgaruvchan kuchlanish amplitudasining detektor kirishidagi Um modulyasiyalangan signal kuchlanishiga bo‘lgan nisbatiga uzatish koeffitsienti deb ataladi:
Kd = UmΩ/mUm ,
bu erda m – modulyasiya chuqurligi.
- kirish qarshiligi. Detektor kirishiga berilayotgan Um Yuqori chastotali signal kuchlanishining Im1 Yuqori chastotali tok birinchi garmonikasi amplitudasiga bo‘lgan nisbatiga detektorning kirish qarshiligi deb ataladi va u quyidagi ifoda etiladi:
Zkir = Um/Im1.
Bu parametrlardan tashqari detektorlarga xos bo‘lgan parametrlardan radiosignallarni amplituda, chastota, faza va bularning o‘zaro kombinatsiyalarning buzilishlaridir.
Detektorlar, asosan xarakteristikasi egri chiziqli bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Egri chiziqli elementlar sifatidadoi dva tranzistorlar ishlatiladi. Lekin, ayrim paytlar xarakterimtikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lgan elementlar ham ishlatiladi. Lekin, tashkil topgan detektorlarni sinxron detektorlari deb ataladi. Detektorlar sinxron bo‘ladimi yo boshqa turda bo‘ladimi undan qat’iy nazar ularning barchasiga o‘ziga xos shartlar qo‘yiladi, ya’ni detektorlar modelyasiyalangan signallar orasidan modulyasiyalovchi signallarni aniq va ravon ajratib olish va uni qayta ishlab dastlabki shakliga keltirib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |