49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


-Ma’ruza Amplitudaviy cheklagichlar


Download 1.48 Mb.
bet11/21
Sana13.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1771208
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun

55-Ma’ruza
Amplitudaviy cheklagichlar
CHeklagichlar turlari

CHeklagich deb ma’lum chegaralarda kirish kuchlanish o‘zgarganda chiqish kuchlanishini o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlaydigan qurilmaga aytiladi.


Barcha cheklagichlarni oniy qiymatlar cheklagichlari va amplitudaviy cheklagichlarga (ACH) bo‘lish mumkin. Oniy qiymatlar cheklagichlarida chiqishdagi minimal va maksimal kuchlanishlar qiymatlarini o‘zgarmas bo‘lishi ta’minlanadi. 10.7,a – rasmda ikki Ubo‘s.maks va Ubo‘s.min bo‘sagaviy cheklanish maksimum va minimum bo‘yicha cheklagich kirishidagi kuchlanishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan shakllaridan biri keltirilgan. 10.7,b-rasmda cheklangan kuchlanishning shakli keltirilgan bo‘lib unda: t2 dan t3 gacha bulgan vaqt intervalida Ukir kuchlanish Ubo‘s.maks kuchlanishdan Yuqori bo‘ladi; t4 dan t5 gacha vakt intervalida Ukir < Ubo‘s.min bo‘ladi, ya’ni cheklagich chiqishidagi kuchlanishning o‘zgarmas (xususan, noli) bo‘lishini ta’minlaydi. t1 dan t3 gacha va t3 dan t4 gacha bulgan vaqt intervallarida Uchiq kuchlanishi Ukir kuchlanishi shaklini takrorlaydi.
Oniy qiymatlar cheklagichlarining afzalligi quyidagicha: kuchlanishdan farq qiladi; Uchiq kuchlanishi qoidaga ko‘ra o‘zgarmas kuchlanishli oraliqqa ega bo‘ladi.
Amplitudaviy cheklagichlar (ACH) amplituda bo‘yicha sekin o‘zgaruvchi sinusoidal tebranishlarni cheklash uchun xizmat qiladi. ACHni kirish va chiqishidagi kuchlanishlar diagrammalari 10.8,a,b-rasmlarda keltirilgan. ACH chiqishdagi kuchlanish amplituda bo‘yicha o‘zgarmas, biroq uning fazasi va chastotasi chiqishda deyarli o‘zgarmaydi. Bunday cheklagichlar parazit amplitudaviy cheklagichlar shu sababga ko‘ra qo‘llaniladiki, mavjud chastotaviy detektorlar chiqishda qoidaga ko‘ra bir vaqtning o‘zida ham modulyasiyaga bog‘liq kuchlanishni vujudga keltiradi. Bunda amplitudaviy cheklagichsiz detektor maqsadga muvofiq natijani bermaydi.

10.7-rasm. 10.8-rasm.
CHeklash jarayoni-nochiziqli, shuning uchun bunda qator kuchlanishning
garmonik tashkil etuvchilari vujudga keladi. ACH chiqishida garmonik kuchlanishni ta’minlash uchun Ukir kuchlanishni nochiziqli o‘zgartirishdan keyin kirish tebranishini birinchi garmonikasini filtrlash zarur bo‘ladi. U holda ACH ning tuzilish sxemasi (10.9-rasm) o‘z ichiga nochiziqli zanjir va filtrni oladi. Bunda filtr zanjir chiqishida tokning birinchi garmonikasini ajratadi. Bu qurilmadan filtr olib tashlansa, u holda oniy qiymatlar cheklagichini olish mumkin. Nochiziqli zanjirning turiga qarab amplitudaviy cheklagichlar diodli tranzistorli turlarga ajratiladi.



10.9- rasm.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling