49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Tranzistorli amplitudaviy cheklagichlar


Download 1.48 Mb.
bet13/21
Sana13.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1771208
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun

Tranzistorli amplitudaviy cheklagichlar
Tranzistorli ACHlar bir necha turlarga ega: oddiy, ikki tranzistorli va umumiy Re rezistorli, o‘zgaruvchan siljitishli. Oddiy tranzistorli ACH
Bunday ACH oddiy tranzistorli kuchaytirgichga o‘xshash. Kuchaytirgichdan
farqli ravishda ACH nochiziqli rejimda ishlaydi, buning uchun E kollektor
kuchlanishini oddiy kuchaytirgichdan kamroq tanlanadi, Ukir kuchlanishi etarlicha katta amplitudaga ega bo‘ladi. Ik=f(Uke) tranzistorning chiqish xarakteristikalarida (10.12-rasm) o‘zgaruvchan tok dinamik xarakteristikasi (yuklama chizig‘i) chizilgan. Ukirning katta amplitudasidayopilishi va to‘yinishi soxalarining mavjudligi keltirib chiqaradigan kollektor tokining ikkiyoklama kesilishi vujudga keladi.

10.12-rasm
Bunda Ik tok maksimum va minimum bo‘yicha cheklangan bo‘ladi; rezonansli kontur kollektor tokining birinchi garmonikasini ajratadi.
Ukir < Ubo‘s (10.11-rasm) bo‘lganida Ik tokning kesilishi vujudga keladi, Ukir
kuchlanishining ortishi bilan kollektor toki birinchi garmonikasining ortishi sekinlashadi, bu ma’lum chegaralarda Uchik chiqish kuchlanishini o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlaydi.
Ikki tranzistorli va umumiy Re rezistorli ACH
Uning sxemasi 10.13-rasmda keltirilgan, ACHning chiqish konturidagi kuchlanish VT2 tranzistor Ik chiqish toki birinchi garmonikasi orqali aniqlanadi. Kirish kuchlanishlarining (VT1 tranzistorning bazasidagi kuchlanish) turli satxlarida Ik tokning diagrammalari 10.14-rasmda keltirilgan. Agar Ukir=0 bo‘lsa, u holda chiqish toki i2= i20 bo‘ladi, Odatda VT1 va VT2 tranzistorlar va ularning ish rejimlari bir xilda tanlanadi, shuning uchun i20=i10 bo‘ladi. i20 tok tranzistorlarning boshlanishi rejimlariga bog‘liq. Ukir kirish kuchlanishi ortib boradi deb olinsa, ya’ni VT1 tranzistor bazasidagi musbat potensial ortadi. Bu VT1 tranzistorining yopila boshlanishiga olib keladi, bunda uning ie1 emitter toki kamayadi. Bu kuchlanish VT1 va VT2 tranzistorlarni yopuvchi kuchlanishi bo‘lganligi uchun, uning kamayishi VT2 tranzistorining yanada ochilishini vujudga keltiradi, demak ie2 va i2 toklar ortadi. ie2 tok VT1 tranzistorini Ukir kuchlanishi yopgunga qadar ortadi, bunda i2 = i2max bo‘ladi. Keyin Ukir kuchlanishining va VT1 bazasidagi (VT1 tranzistor yopik) musbat potensialning istalgan ortishida i2 tok o‘zgarmaydi, i2max ga teng ushlab turiladi. YOpik VT1 tranzistoridagi i2 tok R3, R4 va Re rezistorlar qarshiliklari orqali aniqlanadi.
Ukir kuchlanishi nolga nisbatan kamaydi deb olsak, ya’ni VT1 tranzistor bazasiga manfiy potensial berildi deb xisoblaymiz. Bunda ie1 tok va Ue kuchlanish ortadi, VT2 tranzistor yopila boshlaydi ie2 tok kamayadi; VT1 tranzistor bazasidagi manfiy potensialning qandaydir qiymatida VT2tranzistor to‘lik yopiladi va i2 tok nolgacha kamayadi. Keyin VT1 tranzistor bazasidagi manfiy potensial qanchalik ortmasin VT1 tranzistor ochiq, VT2 tranzistor yopik va i2 tok nolga teng bo‘ladi. Agar Ukir< E bo‘lsa (10.14-rasm),
u holda i tok va Uchiq kuchlanish Ukir kuchlanishga chiziqli bog‘liq bo‘ladi.

10.13-rasm.
Agar Ukir> E bulsa i2 tokni ikki tomonlama kesimi paydo bo‘ladi, i2 tok birinchi garmonikasining amplitudasi Ukir kuchlanishining o‘sishiga nisbatan sekinrok ortadi. Agar Ukir>> E bo‘lsa, i2 tokning birinchi garmonikasi deyarli o‘zgarmas amplitudali to‘gri burchakli impulslar shaklida bo‘ladi. Bularning hammasi 10.15-rasmda ko‘rsatilgan cheklagich amplitudaviy xarakteristikasini kurinishini belgilaydi. Ukir=E bulganda cheklagich chikishidagi Uchik0=0,5 imaxRekv buladi. Bu erda Rekv chikish konturining ekvivalent qarshiligi. Re rezistorning qarshiligi o‘zgartirib ishlash bo‘sag‘asini rostlash mumkin Re´=Re bo‘lganida Ue kuchlanish Ukir kuchlanishining ortishiga nisbatan tezroq kamayadi, VT1 tranzistor Ukir kuchlanishning kichik qiymatlarida yopiladi va cheklash bo‘sag‘asi kamayadi.

10.14-rasm. 10.15-rasm.

O‘zgaruvchan siljitilishi amplitudaviy cheklagich 10.16-rasmda keltirilgan. Tranzistorning ishlash rejimi uchta Eko‘sh ta’minot manbalari E1 , Ebosh va Eko‘sh kuchlanishni AD ishlab chiqaradi. AD kirish Ukir kuchlanishini detektorlaydi. Eko‘sh kuchlanish Ukir ga bog‘liq bo‘ladi. Kirish signali amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, Eko‘sh kuchlanish shunchalik kata bo‘ladi. Dastlab kirish kuchlanishi amplitudasi kichik olinsa (10.17-rasm), bunda Eko‘sh≈0 va Esil= Ebosh bo‘ladi. ACH bu holda oddiy kuchaytirgich rejimida ishlaydi.


Ukir kuchlanish ortganda Eko‘sh kuchlanish ortadi va binobarin Eko‘sh kuchlanishning qutbi Ebosh kuchlanishining qutbiga teskari, Esil kuchlanishi Ukir kuchlanishining katta qiymatlarida kamayadi, ichiq chiqish tokining kesilishi boshlanadi. Ukir kuchlanishi qanchalik katta bo‘lsa, tranzistor chiqish toki θ kesish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi.
SHunday qilib o‘zgaruvchan siljishli amplitudaviy cheklagichlarda Ukir kuchlanish ortganda qandaydir Ukir = Ubo‘s qiymatdan boshlab bir vaqtda ichiq. maks tokning ortishi va θ burchakning kamayishi bo‘lib o‘tadi.
ACHning chiqishiga chiqish toki Im1 birinchi garmonikasini ajratuvchi tebranish konturi qo‘yiladi, chiqishdagi kuchlanish Uchiq=Im1Rekv bo‘ladi. Im1=ichiq.max·α1(θ) bo‘lganligi uchun Ukir kuchlanishining ortishi bilan chiqish toki birinchi garmonikasi ichiq.maks tokning o‘sish sababli ortadi va bir vaqtda θ burchakning kamayishi hisobiga kamayadi, ma’lum sharoitlarda tokning Im1 birinchi garmonikasi amplitudasi deyarli o‘zgarmaydi.

10.16-rasm

10.17-rasm.
O‘zgaruvchan siljitishli amplitudaviy xarakteristikasi 10.18-rasmda keltirilgan AD uzatish koeffitsenti KD=KD.ort bo‘lgan AX idealga yaqin bo‘ladi KD´ > KD.ort bo‘lganida va Ukir kuchlanish ortganida Eqo‘sh kuchlanish KD.ort dagiga nisbatan tezroq ortadi, bunda ichiq.maks tok kam o‘zgaradi, kesish burchagi esa tez kamayadi. SHuning uchun I2m tok amplitudasi Ukir kuchlanish ortganda kamayadi va amplitudaviy xarakteristika kamayib boradigan oraliqqa ega bo‘ladi. 10.17-rasm. O‘zgaruvchan siljitishli amplitudaviy xarakteristikasi 10.18-rasmda keltirilgan AD uzatish koeffitsenti KD=KD.ort bo‘lgan AX idealga yaqinbo‘ladi KD´ > KD.ort bo‘lganida va Ukir kuchlanish ortganida Eqo‘sh kuchlanish KD.ort dagiga nisbatan tezroq ortadi, bunda ichiq.maks tok kam o‘zgaradi, kesish burchagi esa tez kamayadi. SHuning uchun I2m tok amplitudasi Ukir kuchlanish ortganda kamayadi va amplitudaviy xarakteristika kamayib boradigan oraliqqa ega bo‘ladi.

10.18-rasm.
56-Ma’ruza

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling