49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar
-Ma’ruza Tranzistorli chastota o‘zgartirgichlari
Download 1.48 Mb.
|
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun
52-Ma’ruza
Tranzistorli chastota o‘zgartirgichlari Tranzistorli chastota uzgartgichining umunlashtirilban sxemasi 8.9-rasmda kursatilgan 8.9-rasm. O‘zgartgichda ikkita kirishi bor. Ulardan biri chastotasi o‘zgartiriladigan signal Uc uchun, ikinchisi esa geterodin kuchlanishi uchundir. Bulardan tashqari oraliq chastota kuchlanishi, ya’ni chiqish kuchlanishi ham maxsus qutb bor. Bunday chastota o‘zgartgichlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda kirish signalining kuchlanishi Ug dan ajazgina kichik. SHu sabab, bu signal kuchlanishi geterodin toki va quvvatiga o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi. SHunday ekan, bu va shunga o‘xshash chastota o‘zgargichlarini tahlil qilinayotganda kirishdagi signal kuchlanishi va chiqishdagi oraliq chastota kuchlanishi, go‘yo yo‘qdek deb faraz qilinadi. SHuning uchun ham bunday o‘zgartgich zanjirlarini hisoblayotgan payotda oddiy egri chiziqli zanjirlar nazariyasidan foydalanish mumkin. Umumiy holda o‘zgartgichning tahlili vaqtida elektron asboblarining ichki sig‘imini e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi. CHunki bu sig‘im ozmi-ko‘pmi kirish kuchlanishiga bogliq bo‘lib. CHastota o‘zgartish jarayoniga o‘z ta’sirini qo‘rsatadi. 8.10-rasmda balans chastota o‘zgartgichlarining turli sxemalari ko‘rsatilgan. 8.12,a-rasmda tranzistor VT1 va VT2 larga kollektor kuchlanishi oraliq chastota fop o‘yicha sozlangan konturning induktiv g‘altagining o‘rta nuqtasidan berilgan. o‘zgartiriladigan signal chastotasi bo‘yicha sozlangan kirish konturi tranzistorlarning bazallari orasiga ulangan. SHu bois, o‘zgartiriladigan signallar tranzistorlarga nisbatan fazalari bo‘yicha qarama-qarshidir. Tranzistor VT3 ning bazasiga berilgan geterodin kuchlanishi Ug – tranzistor VT1 va VT2 ning bazalariga bir xilda faza ostida ta’sir etadi. Tranzistor VT3 ning toki kamaysa yoki ko‘paysa, tegishlicha VT1 va VT2 larning toki ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ularning xarakteristikalarining tikligini geterodin chastotasiga mos ravishda o‘zgarishiga olib keladi. SHu sababdan, garchi kuchlanish bir vaqtda ta’sir etsa-da, chastotani o‘zgarishiga olib keladi. Tranzistor VT1 va VT2 larga qo‘yilgan kuchlanishlar bir-birlariga nisbatan fazalari jihatidan qarama-qarshi bo‘lganliklari tufayli, oraliq chastota tokining tarkibiy qismlari ham fazalari jihatidan bir-birlariga qarama-qarshi bo‘ladi. shu sababdan ular o‘zaro qo‘shiladi. Geterodin chastotasiga mos toklar har ikki tranzistor VT1 va VT2 larda fazalari jihatidan bir xilda bo‘lganliklari tufayli ular o‘zaro yoyishib ketadi. Ularning chiqishda bo‘lmasliklari shu sababdir. SHu tariqa ishlaydigan o‘zgartgichlarni balans chastota o‘zgartgichlari deb ataladi. Yuqorida ko‘rilgan balans chastota o‘zgartgichlaridan boshqa balans chastota o‘zgartgichlari ham bo‘ladi. lekin ular qanday bo‘lishligidan qa’tiy nazar geterodin kuchlanishi elkalarga qo‘yilayotgan kuchlanishlarning biriga fazalari bo‘yicha o‘xshash, ikkinchisi bilan esa qarama-qarshi bo‘ladi. 8.10,b - rasmda ko‘rsatilgan sxemada chastotasi bo‘yicha o‘zgartiriladigan, signal va geterodin kuchlanishlari uchun mo‘ljallangan kirim o‘rnilari almoshtirilgandir. 8.10,v – rasmda ikkilangan balansli chastota o‘zgartirgichning sxemasi ko‘rsatilgandir. a) b) v) 8.10-rasm. 53-Ma’ruza Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling