49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar
Download 1.48 Mb.
|
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHastota o‘tkazish orlag‘ini rostlash
CHastotani rostlash
Radiopriyomniklarni nominal chastotasi bo‘yicha sozlash ishlari chastotani rostlash orqali olib boriladi. Etalon chastota sifatida maxsustaqqoslanadi. CHastotasi rostlanadigan elementlar qurilmaning sxemasi yoki ishchi chastotasi bo‘yicha tanlaniladi. Supergeterodin radiopriyomniklarida rostlanuvchi elementlar sifatida rezonans konturlari va geterodinlar olinadi. Oldindan berilgan chastota bo‘yicha rostlash ohista olib boriladi. Ayrim paytlarda esa oldindan berilgan ishchi chastotasi bo‘yicha muayyan holatda olib borilishi ham mumkin. Rostlashning yana bir muhim usullaridan bir kichik qadamli maxsus sintezatorlar yordamida olib boriladigan usuldir. Sintezatorlarning sxemasi sodda, texnologiyasi arzon, uni boshqarish ko‘p mehnat talab qilmaganligi uchun rostlashning bu usuli radio sanoatida ko‘proq qo‘llaniladi. CHastota o‘tkazish orlag‘ini rostlash Odatda, radiopriyomniklarning tanlovchanlik koeffitsienti ularni loyihalayotgan paytda tanlaniladi va uni bir muayyan holatga keltiriladi. Lekin radiopriyomniklarni ekspluatatsiya qilinayotgan paytda tashqi muhitdagi ayrim omillarning ta’sirida ularning tanlovchanlik xususiyatlari o‘zgarib qolishi mumkin. Radiopriyomniklarni shu va shularga o‘xshash omillardan himoya qilish uchun ham ularning tanlovchanlik xususiyatlarini doimo ko‘zdan o‘tkazib rostlab turiladi. Tanlovchanlik koeffitsientini boshqarish va uni rostlash chastota o‘tkazish yo‘lini boshqarish orqali olib boriladi. CHastota yo‘lini ohistalik bilan rostlanganligi maqbul. Lekin ayrim paytlarda diskret ravishda ham boshqarish mumkin. Rostlashni qo‘l orqali ham, avtomatik raviщda ham olib borish mumkin. Rostlanuvchi elementlar sifatida quyi chastota traktigacha bo‘lgan elementlar, oraliq chastota kuchaytirgichlari olinadi. Rostlagich sifatida kvars filtrlari qo‘llaniladi. Kvars tozaligi sifatida bir-birlari bilan kvars orqali o‘zaro bog‘langan konturlar xizmat qiladi. Bu konturlarning bir vaqtning o‘zida kaskadlarning biriga yuk vazifasini ham o‘taydi. Rostlash har ikki konturni bir vaqtda boshqarishdan boshlanadi. Konturlar rostlanayotgan paytda ularning birini xarakterli sig‘imli bo‘lsa, ikkinchisiniki esa induktivli bo‘ladi. Buning oqibatida esa har ikki konturning to‘la qarshiligi absolyut qiymatlari bo‘yicha o‘zaro teng bo‘lib qolaveradi, ya’ni, Z1 = R + jx; Z1 = R + jx Kvarsning chastotasi oraliq chastotaga teng va uning qarshiligi esa quyidagicha bo‘lib turaveradi, ya’ni, Zkv = Rkv + jxkv Kvars va konutrlarning qarshiliklarini hisobga olinganda, Z = Z1 + Z2 + Zkv = 2R + Rkv + jxkV bo‘ladi. Demak umumiy qarshilik, kvars zanjiri sodir bo‘lgan isrofgarchilik qarshiligining ikkilangan qiymatiga ekvivalent bo‘lar ekan. Konturlar qarshiligi R ni ekvivalent qarshilik Roe bilan ifoda etib, hamda kvarsning aslliligini hisobga olib, konturning nosozlanganligini ξ desak, kvars filtrning chastota o‘tkazish yo‘liga ifoda yozish mumkin bo‘ladi, ya’ni, (11.1)
Bu tenglamaga asoslanib shu narsani aytish mumkin-ki, ya’ni chastota o‘tkazish yo‘lini konturning nosozlanish koeffitsienti ξ orqali boshqarish mumkin bo‘lar ekan. Agarda ξ = 0 bo‘lsa, konturning chastota o‘tkazish yo‘li maksimal bo‘ladi. ξ ni asta orttirilib borilsa chastota o‘tkazish yo‘li asta torayib boradi. ξ ning qiymatini deyarli katta qilinganda chastota o‘tkazish yo‘li kvars chastotasining o‘tkazish yo‘liga teng bo‘lib qoladi. Kaskadning kuchaytirish koeffitsienti kamayib ketadi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling