Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko’rsatish bilan bog’liq qismi bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan ozod etiladilar.
Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar saqlab qolinadi:
bojxona to’lovlari.
yagona ijtimoiy to’lov.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im.
to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar.
Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar soliq qonunchiligida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to’lanadi.
Advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko’rsatganlik uchun olingan gonorarlar summalariga soliq qonunchiligida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ob’ektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko’rsatganlik uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o’tkazilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solinadigan baza advokat daromadidan advokat gonorarida hisobga olinadigan yagona ijtimoiy to’lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Advokatlarning daromadlariga soliq solish soliq qonunchiligiga muvofiq soliq agentlari advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |