4bb-20 guruh talabasi Ne'matillayev Shohruzning Soliq va soliqqa tortish fanidan "Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solish tartibi" mavzusida tayyorlagan referat ishi solishning o’ziga xos xususiyatlari
Dehqon xo’jaliklariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Download 200 Kb.
|
10-mavzu soliq. nematillayev shohruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- [ОКОЗ: [ОКОЗ: 1.
- Bozorlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
- [ ОКОЗ
Dehqon xo’jaliklariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari soliq qonunchiligida jismoniy shaxslar soliq to’lovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar to’laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xo’jaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laydi: 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i. 2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 3.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq. 4.Bojxona to’lovlari. 5.Davlat boji. 6.Avtotransport vositalarini olganlik va vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaligi a’zolari soliq qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda yagona ijtimoiy to’lov to’laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaligi a’zolari qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirish, o’zlari etishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizastiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro’yxatdan o’tishlari hamda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashlari shart. [ОКОЗ: [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.08 Бозорларни солиққа тортиш] Bozorlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi. Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi: patta to’lovi tushumlari. boshqa tushumlar. Patta to’lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to’laydi. Patta to’lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan to’lovdir. Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to’lanadigan hollarda, patta to’lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi. Patta to’lovi har bir to’lovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning o’zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi. Patta to’lovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1.Ijara to’lovidan olingan daromadlar. Ijara to’lovi bozor ma’muriyatining tasarrufida bo’lgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi. 2.Sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar. 3.Bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo’jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizastiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda realizastiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o’rtasidagi farq daromaddir. 4.Qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa tushumlar. Ijara to’lovining va bozor ma’muriyati ko’rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Bozorlar zimmasida to’lov manbaida soliqlar va majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha majburiyatlar hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga quyidagilarni to’lash majburiyatlari saqlanib qoladi: bojxona to’lovlari. yagona ijtimoiy to’lov. davlat boji. tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’im. avtotransport vositalarini olganlik va vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im. Bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy byudjetlarga belgilangan tartibda yo’naltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar ma’muriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning ro’yxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, soliq qonunchiligiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadi. Olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bozorlar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi. Mablag’larni byudjetga o’tkazish olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi. Soliq qonunchiligi qoidalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam bo’lmagan yuridik shaxslar savdo komplekslariga tatbiq etiladi. [ОКОЗ: Download 200 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling