4Mavzu: Kasallanish. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar guruhi uchun talablar


Ta’lim yo‘nalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari


Download 37.54 Kb.
bet6/12
Sana09.01.2022
Hajmi37.54 Kb.
#257447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Gigiena4taza

Ta’lim yo‘nalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari

Sinflarning o‘quvchilar bilan minimal to‘ldirilishi

Boshlang‘ich sinflarda bolalar soni

Yuqori sinflarda bolalarsoni

1. I-II turlar:







Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun

8

10

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar bo‘lgan (1, 2-bo‘limlar) bolalar uchun

10

12

2. III-IV turlar:







Ko‘r(ko‘zi ojiz) bolalar uchun

8

10

Zaif ko‘ruvchilar va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun

10

12

3. V tur:







Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun

10

12

4. VI tur:







Poliomiyelit xastaligi oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun

10

12

Serebral falaji oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun

10

10

5.VII tur:







Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun

12

16

6. VIII tur:







Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun

13

13

O‘rta va og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar uchun

11

11

*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqson bo‘lgan) bolalar uchun

6

8

35. Qo‘shimcha sinflarni ochish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimotlari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

36. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi tarbiya guruhlarida va ixtisoslashtirilgan maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar soni quyidagicha belgilanadi:



Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari

Maktabgacha tayyorlov guruhlaridagi bolalar soni

Tarbiya guruhlari va kuni uzaytirilgan guruhlarning minimal to‘ldirilishi

Boshlang‘ich sinflardagi bolalar soni

Yuqori sinflardagi bolalar soni

1. I-II tur:










Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun

8

8

12

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar bo‘lgan (1, 2-bo‘limlar) bolalar uchun

8

8

12

2. III-IV tur:










Ko‘r (ko‘zi ojiz) bolalar uchun

10

10

12

Zaif ko‘ruvchilar va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun

10

10

12

3. V tur:










Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun

10

10

14

4. VI tur:










Poliomiyelit xastaligi oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun

8

12

14

Serebral falaji oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun

8

8

10

5.VII tur:










Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun

8

12

16

6. VIII tur:










Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun

8

12

12

O‘rta va og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar uchun

8

10

10

*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 va undan ko‘p nuqson bo‘lgan) bolalar uchun

6

6

8

37. O‘quv yilining boshlanishi, o‘quv mashg‘ulotlari va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish hamda davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

38. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.

39. O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

40. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasiga o‘tkazish pedagogik kengashning qaroriga asosan, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.



(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ma’muriyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishga layoqati bo‘lmagan o‘quvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga ko‘maklashishi shart.

41. Ta’lim-tarbiya ishlari o‘quvchilarning oddiy o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishdan tortib ixtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarigacha bo‘lgan turli xil faoliyatlari asosida tashkil etiladi.

42. O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini o‘tkazish, o‘quvchilarga gigiyena ko‘nikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

43. O‘quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasi mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida, o‘quv ustaxonalarida, qishloq joylarda esa — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining yordamchi xo‘jaligida tarbiyalanuvchilarning psixik va jismoniy rivojlanishining o‘ziga xosligi, sog‘lig‘i, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

44. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli to‘garaklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.



45. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqson bo‘lgan bolalar sog‘lig‘i va intellektining holati haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan holda, 9 yillik umumiy ta’lim dasturini quyidagi davrlar davomida o‘zlashtirishadi:


Download 37.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling