4Mavzu: Kasallanish. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar guruhi uchun talablar
Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari
Download 37.54 Kb.
|
Gigiena4taza
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-II turlar
- III-IV turlar
46. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni korreksion pedagogika, defektologiya sohasi pedagoglari, shuningdek ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat sohasi bo‘yicha qayta tegishli qayta tayyorlashdan o‘tgan o‘qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. 47. Ta’lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yo‘nalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlov va I—IV sinflarda faqat ko‘rishi sog‘lom o‘qituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin. 48. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar jami pedagog xodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi ko‘zi ojiz o‘qituvchilar uchun 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tarzda belgilanadi. 49. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin. 50. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, musiqadan ta’lim berishi mumkin. 51. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling