5 – amaliy mashg’ulot Avtotirkama qurilmalari. Reja


Download 388.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi388.43 Kb.
#1019343
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot



5 – amaliy mashg’ulot 
Avtotirkama qurilmalari. 
Reja: 
1. Avtotirkama qurilmalarini tuzilishi 
2. Avtotirkama qurilmalarining qanday nosozliklari 
3. Avtotirkamani ta’mirlash 
  
Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Avtotirkama o’qining rels kallaklari yuqori sathidan balandligi quyidagicha 
bo’lishi kerak: 
Lokomotivlarda, bo’sh yuk va yo’lovchi 
vagonlarda ko’pi bilan 1080 mm 
Lokomotivlarda va ichida odamlari 
bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida 980 mm 
Yuk vagonlarida (yuklatilgan) kamida 950 mm 
Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari 
yuqori sathidan balandligi AJ tomonidan belgilanadi va foydalanishda (eng ko’p 
eskirish va yuklanishlarda) me’yorlariga rioya qilishni ta’minlashi kerak. 
Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq: 
Yuk poyezdida - 100 mm 
Yuk poyezdining lokomotivi 
va birinchi yuklangan vagon orasida - 110 mm 
120 km/s gacha tezlik bilan 
harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdida - 70 mm 
121-140 km/s tezlik bilan 
harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdida - 50 mm 
Yo’lovchi poyezdining lokomotivi 
va birinchi vagoni orasida - 100 mm dan oshmasligi 
kerak. 


Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega 
bo’lishi kerak. 
Jo’natish oldidan Tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon tekshiruvchi 
avtotirkama qurilmalarining texnik holati va poyezd tarkibida vagonlarning to’g’ri 
ulanganiga mas’ul hisoblanadi. Vagon tekishruvchilari bo’lmagan bekatlarda 
vagonlarni poyezdga ulashda, shuningdek, manevr ishlarida manevr rahbari to’g’ri 
ulanishga javobgar hisoblanadi. 
Lokomotiv mashinisti lokomotivning poyezdning birinchi vagoni bilan to’g’ri 
ulanishiga javobgar hisoblanadi. Poyezd lokomotivini tarkibdan ajratish va 
tarkibga ulash (chunonchi, tormoz englarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, 
kontsevoy jo’mraklarni ochish va yopish) ishlari lokomotiv brigada xodimlari 
tomonidan bajarilishi kerak. Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan 
poyezd lokomotivini ajratish poyezd elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli 
vagonlararo elektr ulagichlar ajraotilganidan so’ng lokomotiv brigada tomonidan 
bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish tok qabul qilgich pastga tushirilganidan 
keyin amalga oshiriladi. 
  
№5 mashg’ulotning nazorat savollari:  
  
1. Avtotirkama qurilmalarining rels kallagidan balandligi qancha? 
2. Avtotirkama qurilmalarining qanday nosozliklari mavjud? 
3. Avtotirkamani ta’mirlash? 
  
Машғулотда фойдаланилган адабиётлар: 
1. Правила технической эксплуатации железных дорог Республики 
Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 13 августа 2001г. №36 
2. Инструкция по ишораизации на железных дорогах Республики 
Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 31 октября 2001г. №47 


3. Инструкция по движению поездов и маневровой работе на железных 
дорогах Республики Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 06 ноября 2001г. 
№50 

Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling