5 – amaliy mashg’ulot Avtotirkama qurilmalari. Reja
Download 388.43 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashg\'ulot
5 – amaliy mashg’ulot Avtotirkama qurilmalari. Reja: 1. Avtotirkama qurilmalarini tuzilishi 2. Avtotirkama qurilmalarining qanday nosozliklari 3. Avtotirkamani ta’mirlash Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Avtotirkama o’qining rels kallaklari yuqori sathidan balandligi quyidagicha bo’lishi kerak: Lokomotivlarda, bo’sh yuk va yo’lovchi vagonlarda ko’pi bilan 1080 mm Lokomotivlarda va ichida odamlari bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida 980 mm Yuk vagonlarida (yuklatilgan) kamida 950 mm Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari yuqori sathidan balandligi AJ tomonidan belgilanadi va foydalanishda (eng ko’p eskirish va yuklanishlarda) me’yorlariga rioya qilishni ta’minlashi kerak. Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq: Yuk poyezdida - 100 mm Yuk poyezdining lokomotivi va birinchi yuklangan vagon orasida - 110 mm 120 km/s gacha tezlik bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdida - 70 mm 121-140 km/s tezlik bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdida - 50 mm Yo’lovchi poyezdining lokomotivi va birinchi vagoni orasida - 100 mm dan oshmasligi kerak. Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi kerak. Jo’natish oldidan Tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon tekshiruvchi avtotirkama qurilmalarining texnik holati va poyezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul hisoblanadi. Vagon tekishruvchilari bo’lmagan bekatlarda vagonlarni poyezdga ulashda, shuningdek, manevr ishlarida manevr rahbari to’g’ri ulanishga javobgar hisoblanadi. Lokomotiv mashinisti lokomotivning poyezdning birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga javobgar hisoblanadi. Poyezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunonchi, tormoz englarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, kontsevoy jo’mraklarni ochish va yopish) ishlari lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak. Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poyezd lokomotivini ajratish poyezd elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajraotilganidan so’ng lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish tok qabul qilgich pastga tushirilganidan keyin amalga oshiriladi. №5 mashg’ulotning nazorat savollari: 1. Avtotirkama qurilmalarining rels kallagidan balandligi qancha? 2. Avtotirkama qurilmalarining qanday nosozliklari mavjud? 3. Avtotirkamani ta’mirlash? Машғулотда фойдаланилган адабиётлар: 1. Правила технической эксплуатации железных дорог Республики Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 13 августа 2001г. №36 2. Инструкция по ишораизации на железных дорогах Республики Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 31 октября 2001г. №47 3. Инструкция по движению поездов и маневровой работе на железных дорогах Республики Узбекистан. "Узгосжелдорнадзор" от 06 ноября 2001г. №50 Download 388.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling